Orbita (lotincha: orbita — yoʻl, iz) — ixtiyoriy tabiiy yoki sunʼiy kosmik jism harakatining toʻla yoʻli. Xususan, Quyosh sistemasining har bir jismi (sayyoralar va ularning yoʻldoshlari, kometalar, asteroidlar, kosmik apparatlar), yulduzlar va galaktikalar oʻz orbitalari bilan aniq farqlanadi. Shu maqsadda fanga orbita elementlari tushunchasi kiritilgan. Kosmik jismning istalgan vaqtdagi oʻrnini va uning orbitasi fazodagi vaziyatini tula aniklash uchun orbitaning 6 ta elementi kuzatishlar yordamida topiladi. Mas, ixtiyoriy sayyora uchun uning orbitasi elementlari quyidagilar: sayyora orbitasi tekisligining ekliptikaga qiyaligi, orbita katta yarim oʻqi, orbita ekssentrisiteti, orbita perigeliy nuqtasining chiqish tugunidan uzokligi, chiqish tugunini bahorgi tengkunlik nuqtasidan uzokligi, sayyoraning perigeliy nuqtadan oʻtish payti.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil