Orden (lot. ordo — qator, daraja) — 1) metall nishon, takdirlash belgi-si, harbiy yoki fuqarolik xizmatlari uchun beriladigan faxriy mukofot. O.ning takdirlash belgisi sifatida vujudga kelishi ritsarlik tarixi bilan bogʻlikdir. Qad.da ritsarlar alohida kiyim bosh kiyib, boʻyinlariga qimmatbaxr metalldan yasalgan krest taqib yurishgan, bu ularning muayyan ritsarlik tashkiloti (ordeni)ga tegishlili-gini bildirib turgan. "Falon O. kava-leri" (yaʼni aʼzosi) degan ibora ana shundan kelib chiqqan. 14—16-asrlarda saroy amaldorlarining belgilari pay-do boʻldi, ular keyinroq mukofotlar tusini oldi (mas, 1348 yoki 1350-yildan inglizlarning Bogʻichlar O.i; 1399-yildan Bani O.i; 1429-yildan avstriyaliklar va ispanlarning Oltin Jun teri O.i; 1579-yildan fransuzlarning muqaddas Ruh Orden). Islom dini tarqalgan Turkiya, Eron, arab davlatlarida podsholar buyuk xizmatlar koʻrsatgan odamlarni boʻyniga taqishga moʻljallangan yarim oy shaklidagi nishonlar bilan takdirlashgan. Takdirlash marosimlari, aso-san, diniy va milliy bayramlarda oʻtkazilgan. Rossiyada birinchi O.ni Petr I 1698-yil taʼsis etgan (avliyo apostol Andrey Pervozvanniy Orden). Oktabr toʻntarishidan keyin podsho O. va medallari bekor qilindi. Birinchi sovet Qizil Bayroq O.i 1918-yilda RSFSR da taʼsis qilindi. Shoʻrolar hukumati keyinchalik juda koʻp O., medal, faxriy yorlikdar taʼsis etdi. Lenin O.i SSSRning eng oliy O.i hisoblangan. SSSR tarqalib ketgandan soʻng Oʻzbe-kiston mustaqil respublikalar ichida birinchi boʻlib oʻz O. va medallarini joriy etdi hamda ularni, shuningdek, turli esdalik va kolleksiya tangalarini oʻzida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi (qarang Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari); 2) Gʻarbiy Yevropada ritsarlarning harbiy-monaxlik tashkilotlari; 3) baʼzi maxfiy jamiyatlarning nomi; mas, masonlik Orden [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil