Organik kimyo — uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning oʻzgarish qonunlarini oʻrganadigan kimyoning bir boʻlimi hisoblanadi. Organik kimyoning asosiy vazifasi — organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadqiq qilishdan iborat. Organik birikmalar insonning Yer mavjud boʻlishi va uning amaliy faoliyatda oʻta muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar — oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa — organik birikmalardir. Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestitsidlar, boʻyoqlar va dorilar ham organik birikmalarga taalluqli. Hozirgi vaqtda ajoyib xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan organik birikmalar yiliga 250 mingdan 300 minggacha sintez qilinadi, ularning umumiy soni esa 10 milliondan oshdi.

Tarixi tahrir

Baʼzi organik moddalar insonga juda qadimdan maʼlum. Masalan, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik moylari va hayvon yogʻlari oziq-ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil boʻyoqlardan foydalanish qadim zamonlardan beri maʼlum.


Sof holdagi organik moddalarni dastlab 900-yillarda arab alkimyogarlari hosil qildilar. Lekin organik kimyo fan sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllandi. „Organik kimyo“ terminini fanga ilk bor 1827-yilda Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828-yilda nemis kimyogari F. Vyoler laboratoriya sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik kimyogar A. Kuper va boshqalar uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar. Keyinchalik Organik kimyo A.M. Butlerovning organik birikmalarning tuzilish nazariyasi (1861) asosida rivojlanadi. F. Kekule benzolning zamonaviy siklik formulasini taklif qildi (1865). Ya. X. Vant-Goff va fransuz kimyogari J. Le Bel atomlarning molekulada fazoviy joylashish nazariyasini olgʻa surishdi. Elektron va, ayniqsa, kvant-mexanika tasavvurlarining rivojlanishi natijasida kimyoviy bogʻlarning fazodagi yoʻnalishi, toʻyingan va toʻyinmagan birikmalarning xossalari orasidagi tafovut, benzolning aromatikligi, organik birikmalar molekulalaridagi atomlarning oʻzaro taʼsiri tushuntirib berildi. Fizik usullar yordamida organik birikmalarda kimyoviy bogʻlarnng uzunligi, valent burchaklar kattaligi va geometrik tuzilishdagi molekulalarning boshqa parametrlari topildi. Shu usullar bilan baʼzi murakkab organik birikmalar — B12 vitamini, penitsillin, xlorofill, bir qator oqsillar, nuklein kislotalar va boshqalarning kimyoviy tuzilishi aniklandi.

Tuzilishi tahrir

Organik birikmalarga tavsifli xossa — uglerod atomlarining bir-biri bilan oddiy, qoʻsh yoki uch bogʻ orqali toʻgʻri chiziqli, zanjirsimon, 1, 2, 3 va koʻp halqali (yadroli) yoki karkasli birikmalar hosil qila olishidir. Bunday birikmalar asosini ochiq, zanjirli uglevoddan oʻzga atomlarga almashtirilishi mumkin. Bu atomlar geteroatomlar deb ataladi (masalan, kislorod, azot, oltingugurt). Strukturasiga koʻra, organik birikmalar alifatik birikmalar (ochiq, zanjirli uglevodorodlar va ular hosilalari)ga, yopiq uglerod zanjirli karbotsiklik birikmalar (alitsiklik birikmalar, aromatik birikmalar) va geterotsiklik birikmalarga boʻlinadi. Zanjirida qoʻsh bogʻ yoki 3 bogʻi boʻlmagan uglevodorodlar va ularning hosilalari toʻyingan birikmalar, qoʻshbogʻ yoki 3 bogʻ tutganlari — toʻyinmagan birikmalar hisoblanadi.

Har bir uglevodoroddagi vodorod atomlarini turli funksional guruhlarga almashtirish yoʻli bilan genetik qator keltirib chiqarish mumkin, masalan, etan — etilxlorid — etanol — sirka aldegidi — sirka kislotasi va h.k. Bular uglevodorodlar RH (funksional guruhi yoʻq), galogenalmashgan hosilalar RHal, spirtlar ROH, aldegidlar RCHO, ketonlar R,COR2, karbon kislotalar RCOOH, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar RNH2, R2NH va RN nitrobirikmalar RNO2, tiollar (markeptanlar) RSH, sulfidlar R2S va boshqa Uglerod — uglerodli qoʻshbogʻlar ham funksional guruxlar qatoriga qoʻshiladi.

Bir xil tuzilishga ega boʻlgan oʻxshash funksional guruxli organik birikmalar uglerod zanjiridagi — SN2 — guruxlari soni bilan farqlanganda gomologik qatorlar kelib chiqadi.

Molekulasida uglerod va vodorod atomlari hamda organogen atom (Hal, O, N, 8)lardan tashqari uglerod bilan bogʻlangan elementlari boʻlgan birikmalar elementorganik birikmalar hisoblanadi.

Organik kimyoning rivojlanishida rus olimlaridan V. V. Markovnikov, N. N. Zinin, A. Ye. Favorskiy, S. V. Lebedev, N. D. Zelinskiy, A. N. Nesmeyanov va boshqalarning xizmatlari katta.

Oʻzbekiston olimlarini organik kimyoga hissasi tahrir

Organik kimyoning rivojlanishida Oʻzbekiston kimyogarlarining ham katta hissa-si bor. 20-asrning 20-yillarida Oʻrta Osiyo universiteti kimyo fakultetida professor S. N. Naumov boshchiligida xinon va toluxinon — dibromidlar tuzilishini aniqlash ustida kuzatuvlar amalga oshiriddi (1933). 2, 3-siklogeksandion 1,4-dikarbon efiri tuzilishi oʻrganildi. Mazkur modda hosilalaridan xinoksalin, monoksalin, dioksim, monogibrazon, pi-razolon, bipirazolon, oazonlar olindi, shoʻrsuv nefti tadqiq qilinib, uning tarkibidagi uglevodorodlar va oltingugurt miqdori aniqlandi.

40-yillarda O. S. Sodiqov boshchiligida organik kislotalar, biologik stimulyatorlar, RR vitamini, xinozidin va boshqa olish yoʻlga qoʻyildi. 50-yillarda S. Yu. Yunusov Oʻzbekiston oʻsimliklari tarkibidagi noyob organik moddalarni ajratib olish va tarkibini oʻrganishga kirishdi. Aromatik birikmalarni alkillash va alsillash amalga oshirildi (I. P. Sukervanik va boshqalar). Ortotsiklogeksilfenol sintez qilindi (prof. A. R. Abdurasulova). Turli organik birikmalarni alkillash reaksiyalari, gumin kislotalari hosilalari oʻrganildi (prof. A. B. Qoʻchqorov). A. S. Sultonov neftni qayta ishlash sohasi uchun samarali katalizatorlar sintez qilib amaliyotda qoʻlladi. Uning shogirdlari M. F. Obidova bilan professor A. Abduqodirov ham organik kataliz rivojiga katta hissa qoʻshdilar.

Metallorganik birikmalar (prof. 3. M. Minulkin) va kumir kimyosi (prof. D. T. Zambramskiy) rivojlantirildi. Gumin kislotalarini elektrolitlar bilan choʻktirish orqali fraksiyalarga ajratish usuli qoʻllanishga tavsiya etildi. Organik birikmalarni karbonillash reaksiyalari tadqiq qilindi (Yo. Yu. Aliyev).

Keyingi 30 yil davomida fosfororganik birikmalar, fiziologik faol moddalar, elementorganik birikmalar, kompleksonlar va organomineral oʻgʻitlar kimyosi tez rivojlandi. Bu borada A. A. Abduvahobov, Sh. I. Solihov, S. Iskandarov va boshqalarning ishlari tah-singa sazovordir.

Manbalar tahrir

/1L:Dyur M., Dyugerti R., Teoriya vozmusheniy molekulyarnix orbitaley v organicheskoy ximii, M., 1977; Braun T., Lemey G. Yu., Ximiya v sentre nauk, t. 1 — 2, M., 1983; P yetrov A. A. idr., Organicheskaya ximiya, M., 1985; Iskandarov S, Sodiqov B., Organik ximiya nazariy asoslari, T., 1987.

Qudrat Axmerov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil