Ot sporti (lotincha: equester, equestr-, equus, 'ot')[1]otda yurish musobaqasi. Asosiy turlari: ot yoʻrttirish; konkur-ippik (toʻsiqlardan sakrab oʻtishning yuksak turi); uch kurash (manejda yurish), dalada sinash (yoʻdda yurish, stipl-cheyz, kross) va toʻsiqlardan sakrash; poyga, otda ov qilish, ot ustida mashq qilish va boshqa miloddan avvalgi 680-yildan boshlab antik Olimpiada oʻyinlari dasturiga ot aravalarda musobaqalar kiritilgan edi. Otda yurishning maxsus maktabi 16-asr boshida Italiya, Fransiya, Ispaniya, Avstriyada paydo boʻldi. Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Shimoliy Kavkaz, shuningdek, kazaklar yashaydigan joylar (Don, Kuban, Ural, Terek)da qadimgi zamonlardan milliy ot oʻyinlari rivojlangan. Oʻzbekiston hududida Ot sporti taxminan 3 mingyillik tarixga ega. Uloq (koʻpkari), olomon-poyga, "agʻdarish", "qiz quvdi" xalqning ommaviy milliy ot sporti oʻyinlari hisoblanib kelgan.

Hozirgi zamon ot sporti 1900-yildan Olimpiada oʻyinlaridan joy olgan. 1953-yildan jahon va Yevropa chempionatlari oʻtkaziladi. Ot sporti xalqaro federatsiyasi — FEI (1921-yil tuzilgan) 100 ga yaqin mamlakat milliy federatsiyalarini birlash-tiradi. Oʻzbekiston ot sporti federatsiyasi unga 1993-yildan aʼzo.

20-asrning 30-yillari boshida Oʻzbekistonda DOSARM (Armiyaga koʻmaklashuvchi koʻngilli jamiyat) tashkil qilingan edi. Unda armiyaning kavaleriya qismlari uchun otliqlar tayyorlanardi. 1953-yil DOSARM ot sporti klubi DOSAAF (Armiya, aviatsiya va flotga koʻmaklashuvchi koʻngilli jamiyat) ot sporti klubiga aylantirildi. Shu yildan oʻtkazila boshlagan butunittifoq mu-sobaqalarida oʻzbek sport ustalari mu-vaffaqiyatli qatnashgan. Aleksandr Kiselyov, Joʻra Alimov, Vladimir Arafyev, Roza Bagautdinovadan iborat jamoa aʼzolari DOSAAF mamlakat kubo-gini qoʻlga kiritdilar (1954). 1960-yilgacha Ot sporti faqat poytaxt Toshkentdagi yagona sport klubi bazasida rivojlangan boʻlsa, keyingi oʻn yil oraligʻida res-publikada bir qancha Ot sporti klublari va seksiyalari ochildi. Xalqaro toifadagi sport ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy M. Ismoilov, shuningdek, V. Dvoryaninov, A. Abduqodirov, Yu. Kovshov, Iskandar va Ibrohim Yoʻddoshev, V. Petrov, S. Lisitsin, A. Tankovlar olimpiada oʻyinlari, jahon va Yevropa chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. 1990-yilgacha Ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bu musobaqalarda 50 dan ortiq medalni qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekistonda respublika Ot sporti oliy mahorati maktabi, 3 ta olimpiya zaxiralari maktabi va 5 ta bolalar hamda oʻsmirlar sport maktablari faoliyat koʻrsatadi (2003). Har yili Ot sporti boʻyicha respublika chempionati oʻtkaziladi. 1997-yildan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mustaqil ravishda xalqaro musobaqalarda qatnashadi. Oʻzbekistonliklar jahon kubogi musobaqalarida toʻsiqlardan sakrash boʻyicha 1-oʻrinni egalladi (2003-yil, Bishkek shahri), Gʻayrat Nazarov "Kovum" laqabli otida jahon kubogini qoʻlga kiritdi (1998, Olmaota), Sergey Shmelev, Iskandar Yoʻldoshev, Aleksandr Martinov, Anna Lisyak sovrinli oʻrinlarni egalladilar.[2]

Manbalar tahrir

  1. „equestrian – definition of equestrian by the Free Online Dictionary, Thesaurus and Encyclopedia“. Thefreedictionary.com. Qaraldi: 2013-yil 1-iyul.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir