Ovallar (lot. ovum — tuxum) — yassi, qavariq yopiq egri chiziqlar. Masalan, aylana, ellips. Agar O. yetarlicha silliq boʻlsa, ularning egriligi maksimum va minimumga erishadigan kamida 4 uchga ega boʻladi (ellipsda toʻrtta). Oval nuqtalari orasidagi masofaning aniq yuqori chegarasi uning diametri, bi-ror yoʻnalishdagi urinmalari orasidagi masofa shu yoʻnalishdagi eni deyiladi. Mas, ellipening OAX yoʻnalishdagi eni V[V2 ga, OBt yoʻnalishdagi eni AtA2 ga teng. Aylananing eni hamma yoʻnalishda bir xil. Rasmda yana bir necha eni oʻzgarmas O. (Relo uchburchaklari) koʻrsatilgan. Eni h oʻzgarmas boʻlgan O.ning uzunligi nh ga teng (Barbye teoremasi). Baʼzan, O. deganda umuman oʻz-oʻzini kesmaydigan yopiq chiziklar tushuniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil