Ovidiy, (Publiy Ovidiy Nazon — Publius Ovidius Naso) (miloddan avvalgi 43 — mil. taxminan 18) — Rim shoiri. Ijodini ishqiy sheʼrlar bilan boshlagan ("Ishqiy elegiyalar", milodiy 1—2-yillardan oldin). "Sevgi sanʼati", "Sevgi davosi" dostonlari (ikkalasi ham taxminan miloddan avvalgi 20—milodiy 1-yil) didaktik ruhda, ularda Rim hayoti lavhalari ifodalangan. Mashhur "Metamorfozalar" mifologik eposi (15 kitobdan iborat, taxminan milodiy 1—8-yillar) — O. ijodining choʻqqisi. Axloq xususidagi dadil fikrlari uchun imperator Avgust tomonidan Tomi shahri (hozirgi Ruminiyaning Konstansa porti)ga surgunqilingan va shu yerda umrining oxiri-gacha turib (taxminan 10 yil), "Gʻussali elegiyalar" (5 kitob, taxminan milodiy 8-yildan keyin) va boshqa asarlarini yozgan. "Elegiyalar", "Metamorfozalar", "Gʻussali elegiyalar"dan namunalar Oybek tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan.[1]

Metamorphoses, 1643

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil