Oyatulloh (arab. — Alloh moʻʼjiza-si) — shialikda mustaqil fatvo berish huquqiga ega boʻlgan diniy olim (mujtahid)larining unvoni. O. istilohi shu maʼnoda 19-asrning 2-yarmida ishlatila boshlagan. 20-asrning 40-yillaridan esa keng qoʻllanilmoqda. O.lar dindorlar orasida katta obroʻga, shialik tarqalgan davlatlarda (Eron, Iroq) siyosiy taʼsirga ham ega. O. unvoni yuzlab ulamolarda bor. Ulardan bir nechasi "Oyatullohi uzmo" ("Buyuk O."), eng yuksak obroʻga ega boʻlgan bittasi "Marjai taqlid" ("Taqlid qilinadigan inson") deb ataladi va u barcha shialarning oliy rahnamosi deb taniladi (yana qarang Ruhulloh Xumayniy).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil