Oydin Otamurodovna Abdullayeva (1976-yil 6-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek bastakori, oʻqituvchi va siyosatchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi.

Tarjimai holi tahrir

1983-1994-yillar davomida R.Gliyer nomidagi RIMM da violonchel va kompozitsiya yoʻnalishi boʻyicha oʻqigan. 1999-yilda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasini professor Mansurovning kompozitorlik fakultetini tamomlagan. Konservatoriyani tamomlagach, kompozitsiya va cholgʻu asboblari kafedrasida dars bera boshlagan. 2004-yildan katta oʻqituvchi, 2009-yilda dotsent, 2018-yildan esa professor ilmiy unvonlarini olgan. 2011-yildan buyon kompozitsiya va asbobsozlik kafedrasi mudiri boʻlgan[1].

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi lavozimiga tayinlangan[2].

Manbalar tahrir

  1. „Союз композиторов и бастакоров Узбекистана. Сайт разработан webnest.uz - АБДУЛЛАЕВА ОЙДИН“. www.commus.uz. 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  2. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.