Ozarbayjon milliy bayrogʻi (shuningdek, Uchrangli bayroq ham deyiladi; ozarbayjoncha: Azərbaycan bayrağı) — Ozarbayjon Respublikasining davlat ramzlaridan biri. Bayroq tuzilishi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodan tashkil topgan boʻlib, gorizontal holatdagi bir xil oʻlchamdagi toʻq koʻk, qizil va yashil kabi uch xil rangdan iborat. Bayroq markazida oq rangda yarim oy va sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Bayroqdagi toʻq koʻk rang ozarbayjonlarning turkiy xalqlardan biriligini, qizil rang taraqqiyotni, yashil rang esa islomni tamsil etadi.

Ozarbayjon bayrogʻi
ozarbayjoncha: Azərbaycan bayrağı
Subyekt Ozarbayjon
Tasdiqlangan sanasi 9-noyabr, 1918-yil (105 yil avval) (1918-11-09)
Bekor qilingan sanasi 1920-yil
Qayta tasdiqlangan sanasi 5-fevral, 1991-yil (33 yil avval) (1991-02-05)
Qoʻllanilishi Milliy bayroq va ramz Small vexillological symbol or pictogram in black and white showing the different uses of the flag Small vexillological symbol or pictogram in black and white showing the different uses of the flag Reverse side is mirror image of obverse side
Mutanosibligi 1:2
Muallifi Ali bey Huseynzade
Dizayni koʻk, qizil va yashil ranglarni aks ettirgan gorizontal trikolor
Boshqa variatsiyalari
Qoʻllanilishi Prezident shtandarti
Mutanosibligi 1:2

Har yili 9-noyabrda nishonlanadigan Ozarbayjon bayrogʻi kuni 2009-yil 17-noyabrdagi 595-sonli qonun bilan belgilab qoʻyilgan. Ushbu sana 1918-yil 9-noyabrda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tomonidan uch rangli bayroqning ilk bor davlat bayrogʻi sifatida qabul qilingan kun ekanligi munosabati bilan tanlangan. Bayroq respublikada 1920-yil sovet qoʻshinlari Ozarbayjonga bostirib kirgunga qadar amalda boʻlib turgan. 1991-yil 5-fevralda mamlakat Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishgach, 1918-yilgi bayroq ranglar va oʻlchamdagi biroz tafovut bilan qayta qabul qilingan.

Bayroq haqida Ozarbayjon konstitutsiyasi va madhiyasida ham eslab oʻtilgan. Bayroq quruqlikda fuqarolik, davlat va urush ramzi sifatida, dengizda esa fuqarolik, davlat, dengiz ishorasi, shuningdek, bayroqdan dengiz flotida foydalanib kelinadi. Ozarbayjonda bayroqdan foydalanish qonunlar orqali tartibga solingan. Bayroq tahqirlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bayroq Ozarbayjon tarkibidagi Naxichevan avtonom respublikasida ham rasmiy maqomga ega.

Tarixi tahrir

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi (1918—1920) tahrir

 
  1918-yil 21-iyundan 9-noyabrgacha amalda boʻlgan Ozarbayjon bayrogʻi
 
  Mammad Amin Rasulzoda muhojirlik davrida chizgan ADR bayrogʻi

1918-yil 28-may kuni Ozarbayjon demokratik respublikasi (ODR) oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan. Mustaqillik davrida amalga oshirilishi kerak boʻlgan dastlabki vazifalardan biri milliy ramzlarni qabul qilish edi. ODR 1918-yil 21-iyunda Usmonli bayrogʻi namunasida qizil fonda oq yarim oy va sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan bayroqni ilk davlat ramzi sifatida qabul qilgan[1][2]. Bu bayroq 1844-yilga qadar amalda boʻlgan sakkiz qirrali yulduzi mavjud Usmonli imperiyasi bayrogʻi bilan shakl jihatdan deyarli bir xil boʻlib, faqat undagi yulduz besh qirralisiga almashtirilgan[1][3]. Bayroqlar oʻrtasidagi bunday oʻxshashlik Usmonli imperiyasining gegemonligi, shuningdek, Ozarbayjon va Usmonlilar turkiy aholisi oʻrtasidagi etnik qardoshlikni oʻzida aks ettirgan[4].

Bir necha oy ichida shoshilinch qabul qilingan bayroqda faqat turkiylikka oʻrin berilgani tanqid ostiga olingan[5]. Yangi bayroqda turkiylik, islom diniga mansublik va taraqqiyotga intilish kabi uchta gʻoya aks etishi kerakligi taʼkidlangan. Bu gʻoyalar ODRning „turklashtirish, islomlashtirish, modernizatsiya“ shaklida aytilgan rasmiy shiorida ham aks etgan edi[6][7][8]. Bu mafkuraning shakllanishiga Jamoliddin al-Afgʻoniyning islom mafkurasi haqida yozgan kitoblarida tilga olgan gʻoyalari bevosita taʼsir koʻrsatgan. Unga koʻra, musulmon xalqlari diniy konsolidatsiya, milliy birlik va Yevropa davlatchiligining ilgʻor anʼanalarini oʻrganishi shart boʻlgan[9].

1918-yil 9-noyabrda yangilangan davlat bayrogʻi loyihasi tasdiqlandi. Yangi bayroq gorizontal holatdagi uch rang: koʻk, qizil va yashil ranglardan iborat boʻlib, markazida oq rangli hilol va sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan[10][1]. Ushbu bayroq muallifi Ali bey Husaynzodadir[11].

1918-yil 7-dekabrda ODR parlament binosi peshtoqiga yangilangan davlat bayrogʻi ilindi. ODR mustaqilligini eʼlon qilgan Ozarbayjon Milliy kengashi raisi Muhammad Amin Rasulzoda oʻz nutqida shunday degan: „[…] va shuning uchun, janoblar, Milliy Kengash Ozarbayjonni tamsil etuvchi uch rangli bayroq masalasini koʻtarmoqda. Turkiy suverenitet, islom madaniyati va zamonaviy Yevropa qudrati ramzi boʻlgan bu bayroq doimo boshimiz uzra hilpirab turadi. Bir marta koʻtarilgan bu bayroq endi tushmaydi“[12][13].

1920-yildan keyin Ozarbayjon Demokratik Respublikasi bayrogʻidan foydalanish tahrir

Qizil Armiya bosqini oqibatida 1920-yil aprel oyida Ozarbayjon Demokratik Respublikasi qulaganidan soʻng bayroqdan Sovet Ittifoqidan tashqarida boʻlgan tashkilotlari foydalangan. Ikkinchi jahon urushi davrida ODR bayrogʻidan Uchinchi reyx tomonida jang qilgan etnik ozarbayjonlarning harbiy tuzilmalari boʻlgan Ozarbayjon legioni batalyonlari foydalangan. Ozarbayjon legioni askarlarining bilak nishonida koʻk, qizil va yashil rangli uchta gorizontal chiziq, oq yarimoy va besh qirrali yulduz tasvirlangan[13][14].

ODR bayrogʻidan 1943-yil 6-noyabrda Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtgan sobiq sovet ozarbayjonilik mayor Abdurahmon Fatalibeyli boshchiligidagi ozarbayjonlar qurultoyida ham foydalanilgan[15]. Qurultoyda Ozarbayjon mustaqilligini tiklash haqida qaror qabul qilingan[15].

1922-yilda Muhammad Amin Rasulzoda Sovet Rossiyasidan Finlandiya orqali Turkiyaga qochib ketgan. 1952-yilda u Turkiyada ODR bayrogʻining nusxasini yaratgan. Rasulzoda bayroqni doʻsti Gulmirza Bagʻirovga bergan. U bayroqni 1976-yilda Ozarbayjonga yashirincha olib kelib, Maştağadagi uyiga ilib qoʻygan[16]. Ushbu bayroq 2003-yil iyul oyida Ozarbayjon tarixi milliy muzeyiga topshirilgan va hozirga qadar muzeyda saqlanmoqda[17].

1956-yilda Johid Hiloloʻgʻli ismli namoyishchi Bokudagi Qiz qalʼasi ustiga bayroq koʻtarib, Sovet Ozarbayjoniga qarshiligini koʻrsatdi. Hiloloʻgʻli 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Uning tarafdori boʻlgan Chingiz Abdullayev esa ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan[18][19].

Ozarbayjon SSR (1920—1991) tahrir

 
  1952—1990-yillarda amalda boʻlgan Ozarbayjon SSR bayrogʻi. Nisbat: 1:2

1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon inqilob qoʻmitasi Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganini eʼlon qildi. Bu davrda Ozarbayjon Demokratik Respublikasining bayrogʻidan foydalanish taqiqlandi[20][21].

Sovet hokimiyati davrida Ozarbayjon SSRda sakkiz marta bayroq oʻzgartirilgan. Koʻpgina bayroqlar shakli bir xil boʻlib, ularga kichik oʻzgartirishlar kiritib borilgan. Oʻzgartishlar Sovet Ittifoqining Kavkazdagi dastlabki yillardagi betartib harakatlari natijasi edi.

1920-yil 28-aprelda bolshevik qoʻshinlari Bokuni egallab olgan vaqtda shoʻrolar hukmi ostidagi Ozarbayjonning ilk norasmiy bayrogʻi tasdiqlangan[22].

Ozarbayjon SSRning ilk rasmiy bayrogʻi 1921-yil 19-mayda Ozarbayjon SSR birinchi konstitutsiyasining 104-moddasiga muvofiq qabul qilingan[23][24]. Oʻsha davrda Ozarbayjonining davlat tili ozarbayjon turkiy tili boʻlib, alifbosi arab yozuviga asoslangan edi. Shuning uchun bayroqdagi A.S.S.R. harflari arab alifbosida (.أ.ﺱ.ﺵ.ﺝ) yozilgan edi[24]. Ozarbayjon SSRning sakkizinchi va oxirgi bayrogʻi 1952-yil 7-oktyabrda qabul qilingan. Bayroq dizayni SSSR bayrogʻiga juda ham oʻxshash edi. Yagona farqi pastki qismida bayroq balandligining chorak qismini egallagan gorizontal koʻk chiziq mavjudligidir. Bayroq tavsifi quyidagicha:

Ozarbayjon Sovet sotsialistik respublikasining davlat bayrogʻida ikkita gorizontal holatdagi ranglar mavjud. Enining toʻrtdan uch qismini egallagan yuqori qismi qizil rangda, pastki qismi koʻk rangda. Bayroq qizil rangining yuqori chap burchagida oltin rangli bolgʻa va oʻroq, ularning tepasida hoshiyasi oltin rangdagi ichki qismi qizil besh qirrali yulduz tasvirlangan. Bayroqning kenglik va uzunlik nisbati 1:2[24].

Ozarbayjon respublikasi (1991—hozirgacha) tahrir

 
Bokudagi Milliy bayroq maydoni

XX asrning 80-yillari oxirida Ozarbayjon SSRda yuz bergan tartibsizliklar hamda mustaqillikka chorlovchi namoyishlarda koʻchalarga Ozarbayjon Demokratik Respublikasi bayrogʻi koʻtarib chiqilgan[25][26].

1990-yil 17-noyabr kuni Naxichevan Muxtor respublikasi Oliy assambleyasining birinchi sessiyasida 1918-yilgi ODR bayrogʻi muxtor davlat rasmiy bayrogʻi sifatida qabul qilindi[27]. Keyinchalik bu bayroq „Ozarbayjon SSR nomi va davlat bayrogʻini oʻzgartirish toʻgʻrisida“gi farmon bilan davlat bayrogʻi sifatida qabul qilingan. Farmonni 1990-yil 29-noyabrda Ozarbayjon SSR prezidenti imzolagan. Uni 1991-yil 5-fevralda Ozarbayjon SSR Oliy Soveti ratifikatsiya qilgan[28][10].

Mustaqillikdan keyingi birinchi konstitutsiya 1995-yil 12-noyabrda umumxalq referendumi orqali qabul qilingan boʻlib, undagi moddalaridan biri respublikaning uch rangli bayrogʻi haqidadir[27][28].

2007-yil 17-noyabrda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida „Davlat bayrogʻi maydonini tashkil etish toʻgʻrisida“gi farmonni imzoladi[29]. Maydonda balandligi 162 metr, vazni 220 tonna boʻlgan flagshtok oʻrnatildi. Flagshtokdagi bayroqning kengligi 35 metr, uzunligi 70 metr, ogʻirligi esa 350 kilogramm boʻlgan[30][31]. Flagshtok binosida davlat bayrogʻi uchun muzey ham tashkil qilingan. 2010-yil 1-sentyabrda muzeyning ochilish marosimida Ozarbayjon bayrogʻi flagshtokka koʻtarildi. 2011-yilda Tojikistonning 165 metrli flagshtogi qurilguniga qadar u dunyodagi eng baland flagshtok maqomini oʻzida saqlab keldi[32][33].

Qattiq shamol oqibatida Flagshtokdagi bayroq bir necha bor yirtilib ketganindan soʻng 2017-yilda u demontaj qilingan[34].

Xronologik galereya tahrir

Dizayni tahrir

 
Ozarbayjon bayrogʻining tuzilish shakli

Ozarbayjon davlat bayrogʻi teng kenglikdagi uchta gorizontal koʻk, qizil va yashil chiziqlardan iborat. Bayroq markazda oq yarimoy va sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Bayroqning asosiy tavsifi va nisbati Ozarbayjon Konstitutsiyasida koʻrsatib oʻtilgan:

Ozarbayjon Respublikasining Davlat bayrogʻi bir xil kenglikdagi uch xil rangli gorizontal chiziqdan iborat. Yuqorisi koʻk, oʻrtada qizil va pastki qismida yashil rang berilgan. Qizil rang oʻrtasida oq yarim oy va sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Bayroq kengligi uzunligining yarmini tashkil qiladi[35]

Bayroqning asosiy xususiyatlari prezidentning 1991-yil 5-fevralda qabul qilingan „Ozarbayjon Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida“gi farmonida batafsil bayon etilgan. Bayroq nisbati Sovet davrida foydalanilgani[24][36] kabi 1:2 nisbatda saqlanib qolgan[37]. Har bir rangli chiziq bayroq umumiy balandligining uchdan bir qismini egallaydigan qilib chiziladi. Yulduz va yarim oy qizil chiziq markazida joylashadi. Yarim oy va qizil ichki doiraning tashqi diametri yulduz diametri bilan kesishadi. Yulduz diametri bayroq balandligining oltidan bir qismini tashkil qiladi. Yulduz ichidagi doira esa bayroq umumiy balandligining oʻn ikkidan bir qismini tashqil qiladi[36].

Ranglar tahrir

Bayroqda yashil, qizil, moviy va oq ranglar mavjud. Bayroq ranglaridagi aniq spetsifikatsiyalar 2004-yilda qabul qilingan „Ozarbayjon Davlat bayrogʻi qoidalari toʻgʻrisida“gi farmonda berilgan. Bayroq ranglari 2013-yilda yangilangan va quyidagi ranglar qabul qilingan[38]:

 
Rang sxemasi
Koʻk Qizil Yashil
RAL 5012 3018 6018
Pantone 306 °C Red 032 °C 362 °C
CMYK 100-20-0-11 0-79-73-6 49-0-70-38
HEX #00B5E2 #EF3340 #509E2F
RGB 0-181-226 239-54-61 80-158-47

2004—2013-yillar oraligʻida foydalanilgan rang sxemasi (1918—1920-yillardagi bayroqning taxminiy ranglari) quyidagicha[39]:

 
Rang sxemasi
2004—2013
Koʻk Qizil Yashil
RAL 5015 3020 6024
CMYK 100-22-0-24 0-100-77-12 100-0-42-32
HEX #0098C3 #E00034 #00AE65
RGB 0-152-195 224-0-52 0-174-101

Ramziylik tahrir

Koʻk rang Ozarbayjonning turkiy merosini, qizil rang zamonaviy davlat barpo etish va demokratiyani rivojlantirish, yashil rang esa islom dinini ifodalaydi[27][40][41]. Bayroq markazida oq yarim oy va sakkiz qirrali yulduzdan iborat oy va yulduz tasvirlangan[28][42].

Yarim oy va yulduz Islom belgisi sifatida koʻrilsa-da, tarixchilar va tadqiqotchilar bayroqda sakkiz qirrali yulduz tasvirlanishi borasida yakdil fikrda emaslar. Fatali Xon Xoyskiy Ozarbayjon soʻzi arab yozuvida yozilganda (آذربایجان), undagi sakkiz harfga ishora qilingan deya tushuntirgan[9]. Shuningdek, yulduzning sakkizta qirrasi Sovet Ittifoqidan oldingi davrda tasniflangan sakkiz turkiy xalqlar[27]: ozarbayjon, usmonlilar (turklar), chigʻatoylar, tatarlar, qipchoqlar, saljuqiylar va turkomanlarni anglatadi, deb hisoblovchilar ham bor[42][43]. Qipchoqlar ikki xalq, qozoq va qirgʻizlarni ifodalagan boʻlishi mumkin. Shunday hisoblaganda xalqlar soni sakkiztani tashkil qiladi[44].

Protokol tahrir

Ozarbayjon Respublikasining 2004-yil 8-iyunda qabul qilingan 683-sonli Qonuni 2-moddasiga muvofiq (2015-yil 1-sentyabr tahririda) Davlat bayrogʻi quyidagi hollarda koʻtariladi[44][35]:

Ofis Bino Avtomobil
Ozarbayjon prezidenti  Y  Y
Ozarbayjon bosh vaziri  Y  Y
Milliy assambleya spikeri  Y  Y
Vazirlar Mahkamasi  Y  
Ozarbayjon Konstitusiyaviy sudi  Y  
Ozarbayjon Oliy sudi  Y  
Ozarbayjon sud-huquq kengashi  Y  
Markaziy ijro etuvchi hokimiyat organlari  Y  Y
Ozarbayjon Markaziy banki rahbari  Y  Y
Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi  Y  
Ozarbayjon palatasi  Y  
Naxichevan Oliy assambleyasi  Y  
Naxichevan Vazirlar Mahkamasi  Y  
Naxichevan Oliy sudi  Y  
Naxchivan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari  Y  Y
Inson huquqlari boʻyicha vakil  Y  
Milliy Assambleya raisi oʻrinbosari  Y  
Ozarbayjon elchixonalari  Y  
Ozarbayjondagi konsulliklar  Y  
Dengiz savdo kodeksida roʻyxatga olingan kemalar    Y
Ozarbayjon suvlaridagi xorijiy kemalar    Y
Ozarbayjon chegara oʻtish joylari  Y  
 
Ozarbayjon Milliy gvardiyasi aʼzosi davlat bayrogʻini ushlab turibdi.

Ozarbayjon Respublikasi Qurolli kuchlarining harbiy qismlari, harbiy-dengiz kemalari binolari, harbiy sudlar va qarorgohlari ustida davlat bayrogʻi quyidagi hollarda ham koʻtarilishi lozim:

  • davlat bayramlari vaqtida
  • harbiy qasamyod vaqtida
  • harbiy qismlar yoki harbiy sudlardagi taqdirlash marosimlarida
  • harbiy qism yoki harbiy kema boshqa davlat hududida joylashganida

Bayroq binoga osilganida Ozarbayjon bayrogʻi bino devoriga vertikal holatda oʻrnatilishi kerak. Shunda bayroqning yashil tomoni chap tomonda joylashadi[45].

Qonuniy himoya tahrir

Ozarbayjonda bayroqni tahqirlash jinoyat hisoblanadi. Ozarbayjon Jinoyat kodeksining 324-moddasiga koʻra, „Ozarbayjon Respublikasining davlat bayrogʻi yoki davlat gerbini tahqirlash“ ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi[46]. 16 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilinsa, masalan, uni yoʻq qilish, shikastlash yoki bayroqqa behayo chizmalar chizish, yozuvlar yozishga nisbatan faol jamoatchilik komissiyasi tomonidan jazo tayinlanadi.

Davlat bayrogʻi kuni tahrir

Ozarbayjonda Davlat bayrogʻi kuni prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan 2019-yil 17-noyabrda imzolangan 595-sonli qonun asosida taʼsis etilgan. Bayroq kuni har yili 9-noyabrda nishonlanadi. Bu sana mamlakatda dam olish kuni hisoblanadi[47]. Ilhom Aliyev Davlat bayrogʻi mayodinining ochilish marosimida soʻzlagan nutqida bayroq kuni haqidagi farmonni aynan 17-noyabrda imzolashiga 1990-yil 17-noyabrda ODR bayrogʻi Ozarbayjon Respublikasi davlat bayrogʻi sifatida qabul qilinganligi sabab boʻlganini taʼkidladi[48].

Taʼsiri tahrir

Rasulzoda aytgan soʻzlar (ozarbayjoncha: „Bir kərə yüksələn bayraq, bir daha enməz!“ „Bir marta koʻtarilgan bayroq hech qachon yiqilmas!“) 20-asr boshlaridagi Ozarbayjon mustaqilligi hayqiriqlari edi[49]. 1919-yilda Jafar Jabbarli Ozarbayjon davlat ramzlariga bagʻishlab „Ozarbayjon bayrogʻiga“ sheʼrini yozgan[50]. Davlat bayrogʻi Ozarbayjon davlat madhiyasi, „Azərbaycan marşı“ning beshinchi va oʻn beshinchi jumlalarida ham qayd etilgan. Parchalarning oʻzbekcha tarjimasi quyidagicha: „Uch rangli bayroq bilan baxtli yashang!“ va „Faxriy bayrogʻingizni baland koʻtaring“[51].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Vasilevich 2014, s. 97.
  2. Ahmedov 2010, s. 22.
  3. Marshall 2017, s. 100.
  4. Swietochowski 1995, s. 69.
  5. Swietochowski 1995, s. 71.
  6. Tokluoglu 2005, s. 734.
  7. Suny 1996, s. 219.
  8. Swietochowski & Collins 1999, s. 54.
  9. 9,0 9,1 Ahmedov 2010, s. 23.
  10. 10,0 10,1 Heydarov & Bagiyev 2005, s. 11.
  11. Smith 2001, s. 13.
  12. Hasanli 2015, s. 148.
  13. 13,0 13,1 Fərhadoğlu, Tapdıq „Azərbaycanda Dövlət Bayrağı Günü qeyd olunur“ [Azerbaijan celebrates State Flag Day] (az). Amerika ovozi (9-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  14. Drobyazko & Karaschuk 1999, s. 17.
  15. 15,0 15,1 Yaqublu 2009, s. 262.
  16. „'Yaşıl donlu, mavi gözlü, al yanaqlı sevdiyim…'“ [One I love with a green dress, blue eyes, red cheeks…] (az). Azadliq Radiosu (9-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 1-may 2022-yil.
  17. „Milli Azərbaycan Tarixi Muzeyində tarixi Cümhuriyyət bayrağımız mühafizə olunur“ [Our historical Republican flag is preserved in the National History Museum of Azerbaijan] (az). National Museum of History of Azerbaijan (27-may 2021-yil). Qaraldi: 1-may 2022-yil.
  18. İsmayıllı, Sevda „Sovet vaxtı Azərbaycan bayrağını Qız Qalasından asan Cahid Hilaloğlu kimdir?“ [Who is Jahid Hilaloglu, the man who hoisted the Azerbaijani flag from the Maiden Tower in Soviet times?] (az). Azadliq Radiosu. Qaraldi: 1-may 2022-yil.
  19. Zaur, Zahidoğlu „Üçrəngli bayrağımızdakı işarə və təsvirlər əsl tarixi-fəlsəfi sistemdir…“. 2016-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-15 may 2011. (ozar.)
  20. Goltz 1998, s. 72.
  21. Altstadt 2017, s. 49.
  22. Pope 2005, s. 116.
  23. Hille 2010, s. 193.
  24. 24,0 24,1 24,2 24,3 „Azərbaycan SSR-in bayraqları“ [Flags of the Azerbaijan SSR] (az). Presidental Library. Qaraldi: 1-may 2022-yil.
  25. Bolukbasi 2013, s. 10.
  26. Ahmedov 2010, s. 25.
  27. 27,0 27,1 27,2 27,3 Özer 2019, s. 9.
  28. 28,0 28,1 28,2 Bordeleau 2013, s. 235.
  29. „Azerbaijan marks National Flag Day“. Trend News Agency (9-noyabr 2012-yil). 11-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2012-yil.
  30. „World's Largest Flag Taken Down After Flagpole Wilts In Azerbaijan“ (inglizcha). Ozodlik radiosi (3-fevral 2011-yil). Qaraldi: 12-may 2022-yil.
  31. Lomsadze, Giorgi „Azerbaijan Raises the World's Biggest Flagpole“ (inglizcha). Eurasianet (9-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 12-may 2022-yil.
  32. „In Tajikistan, The World's Tallest Flagpole...Without A Flag“ (inglizcha). Ozodlik radiosi (24-aprel 2013-yil). Qaraldi: 12-may 2022-yil.
  33. Rookwood 2022, s. 861.
  34. Isayev, Heydar „Azerbaijan to erect – again – the world's tallest flagpole“ (inglizcha). Eurasianet (14-fevral 2022-yil). Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  35. 35,0 35,1 Article 23.II of the Constitution „The Constitution of the Republic of Azerbaijan“. Official website of the President of the Republic of Azerbaijan (2002). 30-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2011-yil.
  36. 36,0 36,1 „1331-VKQ – Azərbaycan Respublikası Dövlət Bayrağının təsvirinin təsdiq edilməsi haqqında“ [1331-VKG – On approval of the image of the State Flag of the Republic of Azerbaijan] (az). e-qanun.az. Ministry of Justice. 2022-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
  37. „Azərbaycan dövlət rəmzləri“ [Azerbaijani state symbols] (az). National Assembly. Qaraldi: 6-may 2022-yil.
  38. „"Azərbaycan Respublikası Dövlət bayrağının istifadəsi qaydaları haqqında" Azərbaycan Respublikasının Qanununda dəyişiklik edilməsi barədə“ [On amendments to the Law of the Republic of Azerbaijan "On the rules of use of the State Flag of the Republic of Azerbaijan"] (az). National Assembly. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  39. „Flag of the Republic of Azerbaijan“. https://theflager.com/. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-may 2023-yil.
  40. Matjunin 2000, ss. 311–313.
  41. „Azerbaijan – Details“ (inglizcha). CIA World Factbook. Central Intelligence Agency. Qaraldi: 28-iyul 2022-yil.
  42. 42,0 42,1 Kindersley 2014, s. 236.
  43. Znamierowski 2001, s. 164.
  44. 44,0 44,1 Sache, Ivan „Meaning of the flag of Azerbaijan“. Intute. Qaraldi: 1-may 2022-yil.
  45. „55 – "Azərbaycan Respublikası Dövlət bayrağının qaldırılması (asılması), endirilməsi, saxlanılması və istehsalı Qaydaları"nın təsdiq edilməsi barədə“ [55 – About approval of "Rules of raising (hanging), lowering, storage and production of the State flag of the Azerbaijani Republic"] (az). e-qanun.az. Ministry of Justice (25-mart 2005-yil). 2022-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  46. „Azərbaycan Respublikasının Cinayət Məcəlləsi“ [Criminal Code of the Republic of Azerbaijan] (az). e-qanun.az. Ministry of Justice. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  47. „Azerbaijan celebrates National Flag Day“. Trend News Agency (9-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  48. „Ilham Aliyev attended the opening ceremony of the State Flag Square“ (inglizcha). president.az. Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  49. Çağla 2019, ss. 31–55.
  50. „"Azərbaycan bayrağına" (Cəfər Cabbarlı)“ ["To Azerbaijani flag" (Jafar Jabbarly)] (az). Azadliq Radiosu. Qaraldi: 10-noyabr 2014-yil.
  51. „National Anthem of the Republic of Azerbaijan“. Embassy of the Republic of Azerbaijan in the People's Republic of China. 12-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2011-yil.

Adabiyotlar tahrir

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (18 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 13-may, 2023-yil(2023-05-13) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.