Palmitin kislota, geksadekankislota.SN (SN2)|4SOON — bir asosli toʻyingan karbon kislota, rangsiz kristallar. Mol. m. 256,43; su-yuklanish temperaturasi 62,9°, qaynash temperaturasi 105°, suvda erimaydi, spirt, benzol, atsetonda 20° da oz, 60°da yaxshi eriydi. Tabiatda keng tarqalgan toʻyingan yogʻ kislota. Barcha tabiiy yogʻlarda trigli-serid holida uchraydi. Palma moyida 32—40%, soya moyida 6,5%, mol yogʻida 25%, choʻchqa yogʻida 30% Palmitin kislota boʻladi. Palmitin kislota spermatset, asalari muminnng asosiy tarkibiy qismidir. Palmitin kislota tirik orga-nizmda koferment A ishtirokida biosintezlanadi.

Palmitin kislota yogʻdan sovunlanish reaksiyasi asosida olingan kislotalar aralashmasini rektifikatsiyalab yoki qayta kris-tallash yoʻli bilan olinadi. Palmitin kislota yuvuvchi vositalar, surkov moylari va plasti-fishtorlar olishda, tuzlari boshqa kislota tuzlari bilan birgalikda emulgator sifatida kosmetik preparatlar va xoʻjalik sovuni tayerlashda ishlatiladi. Baʼzi efirlari boʻyoq va sintetik detergent lar olishda, stearin kislota bilan birgalikda sham tayerlashda qoʻllanadi (yana qarang Yogʻlar, Oʻsimlik moylari).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil