Vladigerov Pancho (1899.1.3, Syurix — 1978, Sofiya) — bolgar kompozitori, pianinochi, dirijyor va pedagog . Bolgariya xalq artista (1949). Mil-liy kompozitorlik maktabining yirik vakili. Ijodida bolgar musiqa folkloridan keng foydalangan, zamonaviy bolgar musiqasining qator janrlari (konsert, sonata, fortepiano musiqasi va b.)ga asos solgan. Romantik, koʻtarinki ruh bilan sugʻorilgan musiqiy obrazlariing yorqinligi, garmoniyaning nafisligi, orkestr vositalarining boyligi V. uslubiga xos. "Vardar" rapsodiyasi (1922), fortepiano konsertlari (5 ta, 1918—62), "Shoh Kaloyan" opsrasi (1936) mashhur.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil