Paolo Chezare Maldini (italyancha: Paolo Cesare Maldini; 26-iyun 1968, Milan, Italiya) — italiyalik futbolchi, Italiya terma jamoasi va Milan jamoasini ko'p yillik sardori. Markaziy va chap qanot himoyachi sifatida o'yinlarda ishtirok etgan. Mashxur Chezare Maldinining farzandi. "Milan muxlislarining eng sevimli o'yinchilaridan biri.
U o'zining futbolchilik faoliyati davomida "Milan" sharafini himoya qilgan holda 902 ta rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etgan[1].

Paolo Maldini
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Paolo Cesare Maldini
Tavallud sanasi 26-iyun 1968-yil (1968-06-26) (55 yosh)
Tavallud joyi MilanItaliya bayrogʻi Italiya
Boʻyi 186 sm
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini tugatgan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1978-1985 Milan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985–2009 Milan (647 (29))
Milliy terma jamoa
1986–1988
1988-2002
Italiya U 21
Italiya
(12 (5)
126 (7))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Italiya terma jamoa safida esa 126 ta o'yinda ishtirok etgan. Bu ishtirok etgan o'yinlari soni bilan u faqatgina Fabio Kannavarodan orqada xolos.

U faoliyati davomida UEFA Chempionlar Ligasini 5 marta, A Seriani 7 marta, Italiya kubogini 1 marta, 5 marta Italiya superkubogini, 5 marta UEFA superkubogini, 2 marta Qita'alararo kubokni, 1 marta klublar o'rtasidagi jahon chempionati kuboglarini qo'lga kiritgan.

Manbalar tahrir