Papuas tillari - Yangi Gvineya o.da va Tinch okeanning boshqa bir qancha o.larida tarqalgan til guruxlari va yakkayakka tillarning umumlashma shartli nomi. Ushbu atama mazkur tillar oʻrtasida genetik oʻxshashlik bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, shu mintakadagi avstronez tillaridan farqlanish uchun ishlatilgan. Shuning uchun baʼzan ular neavstronez (avstronez boʻlmagan) tillar deb ham ataladi. Papuas tillarining umumiy soni 750 dan 1000 gacha yetadi, ularda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5 mln. kishiga yaqin. Papuas tillarining genetik qardoshligi haqida ishonarli maʼlumotlar yoʻq; ularning malay-polinez (avstronez) tillari hamda Avstraliya tillari bilan aloqadorligi tax-min qilinadi.

Dastlabki maʼlumotlar boʻyicha Papuas tillari 12 ta til guruxiga ajraladi. Ulardan eng yiriklari: Yangi Gvineya hududini qamrab oluvchi fila (yun. phyle — qabila; avstraliyalik olim S. Vurm taklif etgan ushbu termin "tillar makrooilasi" tushunchasiga toʻgʻri kela-di) — 491 tilni kamrab oladi, bu tillarda soʻzlashuvchilar 4 mln. kishiga yaqin; Gʻarbiy Papua filasi 24 tilni kamrab oladi, unda 500 mingdan or-tiq kishi soʻzlashadi; Sepik-Ramu filasi 97 tilni qamrab oladi, soʻzlashuvchilar 300 ming kishidan ortiq; Torrichelli filasi 47 tilni kamrab oladi. 120 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi; Sharqiy Papua filasi 28 tilni qam-rab oladi, 80 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi va boshqa

Papuas tillari agglyutinativ tillardan. Undosh tovushlar tizimi rivojlangan. Morfologik satxda feʼl turkumi murakkab. Ot turkumida turlanish yoʻq. Papuas tillari oʻz yozuviga ega emas, bu tillar maktablarda deyarli taʼlim-tarbiya tili hisoblanmaydi. Turli Papuas tillari uchun lotin yozuvi asosida alifbolar yaratish ishlari boshlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil