Parallaks (yun. parallaxis — ogʻish) — fazoning biror nuqtasi (mas, yoritqich — sayyora, yulduz markazidan) Yer orbitasining radiusi koʻrinadigan burchak. Parallaks yoritqich bilan Yer orasidagi masofani aniklashga imkon beradi. Agar yoritqichning Parallaksi maʼlum boʻlsa, trigonometrik formulalar yordamida uning Yerdan uzoqligini aniklash mumkin. Sutkalik Parallaks — Yer radiusi bilan osmon yoritqichi koʻri-nadigan chiziq orasidagi burchak (mas, Oy uchun sutkalik Parallaks 57’2"70, Quyosh uchun 8"80). Yillik Parallaks — Yer orbitasining katta yarim oʻqi bilan osmon yoritqichi koʻri-nadigan chiziq orasidagi burchak.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil