Park Geun-hye

Janubiy koreyalik siyosatchi, Koreya Respublikasi Prezidenti (2013-2017); Prezident Pak Chung Xining qizi

Pak Kin Xe (kor. 박근혜?, 朴槿惠?, 2-fevral 1952-yil, Tegu) – Koreya Respublikasining 11-prezidenti (2013—2016). Mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezident[1][2][3].

Park Geun-hye
talaffuzi: Pak Kin Xe
koreyscha: 박근혜
朴槿惠
 11-Koreya Respublikasi Prezidenti
 
Mansab davri
2013-yil 25-fevraldan – 2017-yil 10-martgacha
Hukumat boshligʻi Chong Hong-won
Lee Wan-goo
Hwang Kyo-ahn
Oʻtmishdoshi Lee Myung-bak
Vorisi Moon Jae-in
Hwang Kyo-ahn (v.b.)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-fevral 1952-yil (1952-02-02) (72 yosh)
Tegu
Dini ateist
Mukofotlari Mugunxva ordeniBani ordeni sohibi

Biografiya tahrir

1952-yil 2-fevralda Teguda tugʻilgan. 1974-yilda Songang universitetini tugatgan[4]. 1981-yilda diniy seminariyada oʻqigan va nasroniylikni oʻrgangan[5]. 1998-yilda parlament deputatligiga saylandi. 2004-2006-yillarda „Buyuk davlat partiyasi“ni boshqargan[6][7]. 2007-yilgi prezidentlik saylovlarida magʻlubiyatga uchradi. 2011-yilda „Buyuk davlat partiyasi“ nomi „Yangi marralar partiyasi“ deb oʻzgratirildi. 2012-yildagi parlament saylovida partiya gʻolib boʻldi[8][9]. 2012-yil 19-dekabrdagi prezidentlik saylovida 51,55% ovoz bilan gʻalaba qozondi[10].

Noroziliklar va qamoq jazosi tahrir

2016-yil oktyabrda prezident davlat boshqaruviga aloqador oʻta muhim masalalarni davlat organlari va mansabdorlar bilan emas, balki yaqin doʻstlari, jumladan folbinlar, shomonlar va aqidaparastlarning gapiga kirib hal qilayotgani maʼlum boʻlgan[11]. Shunday shubxali shaxslardan biri – uning dugonasi Choi Soon-sil boʻlib, uning komyuteridan davlatning iqtisodiy-siyosiy faoliyatiga aloqador maxfiy hujjatlar topilgan[12]. Park Geun-hye va uning yaqin doʻstlari ommaviy noroziliklarning asosiy sababchisiga aylandi[13][14]. 29-noyabr 2016-yilda deputatlar uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilib, javobgarlikka tortishni taklif qilishdi[15]. 9-dekabr 2016-yil parlament qarori bilan impichment eʼlon qilindi va 30-mart 2017-yilda hibsga olingan[16][17]. 23-may kuni sud majlisida Park oʻziga qoʻyilgan 14 ayblovning hammasini rad etdi[18]. Yakuniy sud qarori bilan Park 170 million dollar jarimaga tortildi va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Keyinchalik, ishni qayta koʻrib chiqish jarayonida muddat 25 yilga va jarima miqdori 20 milliard vongacha oshirildi. 2021-yil yanvarida mamlakat Oliy sudi 2020-yil yozida ishni koʻrib chiqish chogʻida chiqarilgan 20 yillik qamoq jazosini oʻz kuchida qoldirdi. 2021-yil dekabrida Janubiy Koreya prezidenti Moon Jae-in uni afv etdi[19].

Manbalar tahrir

  1. „Президентом Южной Кореи впервые ста“. РБК. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  2. V Yujnoy Koree arestovali eks-prezidenta strani Pak Kin Xe
  3. (Wayback Machine saytida 2014-03-23 sanasida [https://web.archive.org/web/20140323092309/http://www.t.news1.kr/articles/782410 arxivlangan) [새누리 후보 확정] [프로필] 박근혜 새누리당 대선 후보]
  4. „8·15대통령저격사건“. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  5. „박근혜 前 대표의 종교는? - 노컷뉴스“. www.nocutnews.co.kr. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  6. Kim Nam-kwon(김남권).. „박근혜, 野시절 `40대 0 신화'.이번엔?“ (Korean). Yonhap News (4-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 16-may 2012-yil.
  7. Kim Min-ja(김민자).. „'선거의 여왕' 박근혜, 총선에서 뒷심 발휘할까?“ (Korean). NewsIs (29-mart 2012-yil). Qaraldi: 16-may 2012-yil.
  8. Ramstad, Evan „Odds & Ends A Day After The Election“. The Wall Street Journal Asia (12-aprel 2012-yil). 2012-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
  9. „대선 양자구도, 박근혜 처음으로 안철수 앞서“ (Korean). Realmeter (16-aprel 2012-yil). 2012-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
  10. „Park Geun-hye Elected Saenuri Party's Presidential Candidate“. KBS Global (20-avgust 2012-yil). 2013-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-mart..
  11. Taynie sovetniki. Vibirat politicheskiy kurs prezidentu Korei pomogali gadalki, sektanti i jigolo
  12. Choe Sang-Hun. „A Presidential Friendship Has Many South Koreans Crying Foul“ (en). New York Times (2016-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
  13. „Пак Кын Хе самым непопулярным в истории Кореи президентом“. Российская газета. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  14. Shaman na visshem urovne, „Kommersant“
  15. McCurry, Justin „South Korea's president calls on parliament to arrange her exit“. 'The Guardian' (29-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2016-yil.
  16. „Конституционный суд Южной Кореи утвердил импичмент Пак Кын Хе“. Газета.Ru. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
  17. V Yujnoy Koree zaderjali eks-prezidenta Pak Kin Xe
  18. Eks-glava Yujnoy Korei Pak Kin Xe v zale suda otvergla vse obvineniya
  19. „South Korea pardons former President Park Geun-hye“ (en). Dw.com (2021-yil 24-dekabr). 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-dekabr.

Havolalar tahrir