Parpasha, paripasha (fors.) — nafis yoʻlli nimshoyi mato; koʻkimtir kulrang tusga ega. Tanda iplari ok, ipakdan, arqogʻi toʻq koʻk rangli ipdan qoʻl dastgohida toʻqilgan. Toʻqish jarayonida tanda iplari orasida maxsus qoldirilgan joylarda hosil boʻladigan teshikchalar orqali arqoq ipini koʻrinishi ingichka yoʻllar hosil kiladi. P. Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan va boshqa shoyi toʻkish markazlarida ishlab chiqarilgan. Buxorolik ustalar ip va ipak iplarini teng miqdorda ishlatganlar. Ipak koʻp ishlatilgan P. qimmat boʻlib, nihoyatda qadrlangan. P.dan, asosan, paranji tikilgan, shuningdek, erkaklar uchun toʻn ham tayyorlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil