PatnaHindistonning shim. qis-midagi shahar. Gang daryosining oʻng sohilidagi port. Bihar shtatining maʼmuriy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qilinadigan markaz. Aholisi 1,7 mln. kishi (2001). Ip gazlama, oziqovqat, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam va parcha toʻqiladi, mebel va metall buyumlar tayyorlanadi. Un-t (1917), muzey, noyob qoʻlyozma asarlar saqlanadigan kutubxona bor. Shaharga miloddan avvalgi 5-asrda asos solingan. Hozirgi nomi bilan 12-asrdan maʼlum. Qadimda va ilk oʻrta asrlarda P. oʻrnida Maurya davlati poytaxti — Pataliputra shahri boʻlgan. Ashoka saroyi (miloddan avvalgi 3-asr) qoldiklari saqlangan.[1]

Patna

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil