Pavel Valeryevich Durov (ruscha: Па́вел Вале́рьевич Ду́ров; 10-oktyabr 1984-yilda tugʻilgan) — Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlarini asoschisi.

Pavel Valeryevich Durov
ruscha: Павел Валерьевич Дуров
Tavalludi 10-oktyabr 1984-yil
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya ,
Saint Kitts va Nevis Sent Kitts va Nevis,[1]
Fransiya bayrogʻi Fransiya

11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. Oʻsha paytlarda u dasturlashni chuqur oʻrganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning „zastavka“ larini dastur orqali oʻzgartirib qoʻyadi.

2006-yilda Pavel Sankt-Peterburg davlat universitetining filiologiya fakultetini tamomlaydi, universitetda oʻqish mobaynida harbiy fakultetni ham tamomlab, zahiradagi leytenant unvoniga ham erishadi, u universitetni qizil diplomga bitirib, shu-yili Vkontakt ijtimoiy tarmogʻini yaratadi. 2012-yil 19-noyabrda „Mann, Ivanov va Ferber“ nashriyoti Nikolay Kononovaning „Kod Durova“ deb nomlangan kitobni chiqardi. Bu kitob Vkontakt ijtimoiy tarmogʻining asoschisi Pavel Durovga bagʻishlangan boʻlib, xujjatlar va intervyular asosida yozilgan.

AR Films kompaniyasi, produser Aleksandr Rodnyansk boshchiligida, yuqoridagi kitobni film koʻrinishida namoyish qilish ruxsatini oldi va bu kino 2014-yilda ommaga taqdim etilishi koʻzda tutilgan. 2013-yil Durov Digital Forest kompaniyasiga asos soladi va shu kompaniya Telegram messendjerini ommaga taqdim etadi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir