Pavel Konstantinovich Mamayev (ruscha: Павел Константинович Мамаев 1988-yil 17-sentabrda tugʻilgan) — yarim himoyachi sifatida oʻynaydigan Rossiyalik futbolchi. U asosan oʻng yarim himoyachi yoki markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Moskvaning CSKA klubida u himoyaviy yarim himoyachi yoki pleymeyker sifatida oʻynagan. 2019-yil 8-may kuni u sudda „sogʻliqni saqlash xodimiga qasddan yengil zarar yetkazish“da ayblanib, 2019-yil oxirigacha qamoq jazosiga hukm qilingan[1]. U 2019-yil 17-sentabrda ozodlikka chiqgan[2].

Pavel Mamayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pavel Konstantinovich Mamayev
Tavallud sanasi 17-sentyabr 1988-yil (1988-09-17) (35 yosh)
Tavallud joyi Shishkin Les, RSFSR, SSSR
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Youth Section Shishkin Les
2000-0000 SDYuShOR Podolye Podolsky
0000-2006 Torpedo Moscow
2007-2008 CSKA Moscow

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Mamayev faoliyatini Moskvaning „Torpedo“ klubi akademiyasida boshlagan. U 2007-yilning yozida Moskvaning CSKA jamoasiga oʻtgan va 2007-yilning 29- iyulida „Ximki“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2013-yilning iyul oyida Mamayev Moskvaning CSKA klubidan bir mavsumga ijara asosida "Krasnodar "ga oʻtgan[3]. 2013-yilning 6-dekabrida Krasnodar FK uning CSKAdan shartnomasini sotib olib u bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Mamayevning „Krasnodar“ bilan shartnomasi 2019-yil 20-sentabrda bekor qilingan[4].

2019-yilning 28-sentabr kuni „Rostov“ klubi Mamayev bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[5][6].

2021-yilning 20-dekabrida Pavel „Ximki“ bilan shartnoma imzolagan[7]. Mamayev 2022-yil 3-iyunda Ximkini tark etgan[8].

Xalqaro karyera tahrir

Mamayev 2011-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida ishtirok etgan Rossiya U-21 jamoasi tarkibida oʻynagan[9].

2009-yilda u birinchi marta Rossiya kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. 2010-yilning 17-noyabrida Belgiyaga qarshi oʻyinda milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan.

Karyera statistikasi tahrir

 
 
 

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Torpedo Moscow 2004 RPL 0 0 0 0 - - 0 0
2005 13 0 2 0 - - 15 0
2006 27 3 4 1 - - 31 4
2007 FNL 4 0 2 0 - - 6 0
Jami 44 3 8 1 0 0 0 0 52 4
CSKA Moscow 2007 RPL 4 0 0 0 1 0 - 5 0
2008 17 2 2 0 5 0 - 24 2
2009 28 2 3 0 9 0 - 40 2
2010 27 0 1 0 10 0 1 0 39 0
2011-12 33 1 5 0 10 0 1 0 49 1
2012-13 19 1 4 2 0 0 - 23 3
2013-14 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
Jami 128 6 15 2 35 0 3 0 181 8
Krasnodar (loan) 2013-14 RPL 21 4 3 1 - - 24 5
Krasnodar 2014-15 RPL 21 4 1 0 4 0 - 26 4
2015-16 29 10 4 1 11 6 - 44 17
2016-17 12 1 1 0 3 0 - 16 1
2017-18 19 3 1 1 3 1 - 23 5
2018-19 10 3 1 0 2 0 - 13 3
Jami 112 25 11 3 23 7 0 0 146 35
Rostov 2019-20 RPL 7 2 - - - 7 2
2020-21 13 2 0 0 0 0 - 13 2
2021-22 6 0 0 0 - - 6 0
Jami 26 4 0 0 0 0 0 0 26 4
Khimki 2021-22 RPL 1 0 - - - 1 0
Karyerada jami 311 38 34 6 58 7 3 0 406 51

Yutuqlar tahrir

CSKA Moskva

  • Rossiya Premer-ligasi : 2012-13
  • Rossiya kubogi : 2009, 2011, 2012-13
  • Rossiya Superkubogi : 2009, 2013

Shahsiy

  • Rossiya chempionatining eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxatida: 2010-yil

Manbalar tahrir

  1. „Russian football stars Kokorin, Mamayev sentenced to imprisonment“. RAPSI (8-may 2019-yil).
  2. „Адвокат: Кокорин заключил новый контракт с "Зенитом"“ (ru). RIA Novosti (17-sentabr 2019-yil).
  3. „Pavel Mamaev joins FC Krasnodar on loan“. pfc-cska.com. 29-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2013-yil.
  4. „КРАСНОДАР РАСТОРГ КОНТРАКТ С ПАВЛОМ МАМАЕВЫМ“ (ru). fckrasnodar.ru/. FC Krasnodar (20-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 20-sentabr 2019-yil.
  5. „FC Rostov brings prematurely dismissed Mamaev: "What happened is past"“ (en). www.transfermarkt.de (28-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2019-yil.
  6. FC Rostov (2019-yil 28-sentyabr). „Павел Мамаев снова в игре“ (ru). Press-reliz. 1-oktyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  7. „Павел Мамаев стал игроком «Химок»“ (ru). fckhimki.com (20-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2021-yil.
  8. „МАМАЕВ, ГРИГАЛАВА И САБОВИЧ ПОКИДАЮТ "ХИМКИ"“ (ru). FC Khimki (3-iyun 2022-yil). Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
  9. „Russia U-21'2009“. Rusteam.permian.ru. 2009-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.