Pavlodar viloyati — Qozogʻistondagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 124,8 ming km2. Aholisi 747 584 kishi (2012). Asosan, qozoqlar, ruslar, ukrainlar, tatarlar, beloruslar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Markazi — Pavlodar shahri.

Pavlodar viloyati
Павлодар облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Pavlodar
Yirik shahari Pavlodar, Ekibastuz, Aqsu
Asos solingan sanasi 1938-yil
Akim Bakauov Bulat Zhumabekovich[1]
Aholi (2013) 752,100[2] (8-oʻrin)
Zichligi 5,99 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 124,755 km² (4,6 %, 11-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 718 xx-xx-xx
Pochta indeksi 14 xxxx
Avtomobil raqami kodi S yoki 14
Rasmiy sayti http://www.pavlodar.gov.kz/
Xaritada
Pavlodar viloyati xaritada
Koordinatalari: 52°18′0″N 76°57′0″E / 52.30000°N 76.95000°E / 52.30000; 76.95000 G O

Tarix tahrir

Viloyat nomi viloyatning markazi boʻlib hisoblanadigan Pavlodar shahri nomi bilan ataladi. Poydevori 1720-yili rusning Irtish yoqasidagi harbiy istehkomi maqsadida qalangan. 1838-yili shep Koryakovskaya stanitsasi boʻlib oʻzgartildi. 1860-yili oxirlarida shu erli savdogarlar stanitsani Aleksandr II-ning yangi olamga kelgan Pavl oʻgʻlining hurmatiga Pavlodar shahri deb oʻzgartirishga iltimos qilishadi. Bu iltimos amalga oshirilib, 1861-yili Pavlodar shahri deb nomlanadi[3].

Hududiy boʻlinishi tahrir

Viloyat tarkibida 10-ta tuman va 3-shahar bor:[4]

  1. Aqtoʻgʻay tumani — Aqtoʻgʻay qishlogʻi(Krasnokutsk)
  2. Bayanavul tumani — Bayanavul qishlogʻi
  3. Jelezin tumani — Jelezinka qishlogʻi
  4. Irtish tumani — Irtish qishlogʻi
  5. Qashir tumani — Qashir qishlogʻi
  6. Lebyaji tumani — Aqqu qishlogʻi
  7. May tumani — Koʻktepa qishlogʻi
  8. Pavlodar tumani — Pavlodar shahri 
  9. Uspen tumani — Uspenka qishlogʻi
  10. Sherbaqti tumani — Sherbaqti qishlogʻi
  11. Aqsu (Ermak) shahari
  12. Pavlodar shahari
  13. Ekibastuz shahari

Tabiati tahrir

 
«Irtish» mehmonxonasining binosi

Pavlodar viloyati respublikaning shimoli-sharqiy qismida, oʻrmonli dasht, dasht va chala choʻl zonalarida, Irtish daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir, mis va polimetall rudalari, koʻllarda osh tuzi va glauber tuzlari bor. Dashtlarda oq tovushqon, yumronqoziq, qoʻshoyoq, boʻri, tulki, latcha, toʻrgʻay, bedana, oʻrdak, balchiqchi qush yashaydi. Koʻllarda baliq turi koʻp.

Iqlimi tahrir

Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati 20 °— 22 °C, yanvarniki — 19,5 °, — 17,5 °C. Yillik yogʻin 220–320 mm. Vegetatsiya davri 167—178 kun. Eng yirik daryosi — Irtish; koʻl koʻp. Pavlodar viloyatining katta qismi toʻq kashtan tuproqli chalovbetaga dashtidan iborat.

Xoʻjaligi tahrir

Dashtlarda oq tovushqon, yumronqoziq, qoʻshoyoq, boʻri, tulki, latcha, toʻrgʻay, bedana, oʻrdak, balchiqchi qush yashaydi. Koʻllarda baliq turi koʻp.da yirik sanoat, xususan, energetika, yoqilgʻi, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati, shuningdek, yengil va oziq-ovqat sanoatlari ustun turadi. Energetikasini viloyatdagi Ekibastuz koʻmiri, shuningdek, Kuznetsk va Qaragʻandidan keltirilgan koʻmir tashkil etadi. Konchilik viloyat sanoatining asosiy tarmogʻidir. Koʻmir (Ekibastuz va Moykuben konlari) va rangli metallar hamda oltin (Mayqain, Boʻzshakoʻl), Irtish daryosi boʻyidagi koʻllardan tuz, Irtish vodiysidan oʻtga chidamli gil va ohaktosh qazib olinadi. Deyarli barcha ishlov beruvchi sanoat korxonalari Pavlodarda joylashgan. Pavlodarda alyuminiy, Yermakda ferroqotishma zavodlari va GRES, Omsk — Pavlodar — Chimkent neft quvuri va neftni qayta ishlash zavoddi ishlab turibdi[5].

Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik yetakchi oʻrinda, ozuqa, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ekiladi[6][7][8][9] .

Transporti tahrir

Temur yoʻl 574 km, avtomobil yoʻllari 8000 km dan ziyod. Irtishda muntazam kemalar qatnaydi. Pavlodar havo yoʻli orqali Pavlodar viloyatining barcha tuman markazlari va Qozogʻiston viloyat markazlari hamda boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. 2 oliy oʻquv yurti, 3 muzey, teatr, Muyaldi balchiq kurorti, 3 dam olish uyi, 5 sanatoriy bor.[10]

Aholisi tahrir

Demografiya tahrir

Viloyat aholisi 2012-yili 1-yanvarda 747,1-ming kishini tashkil qildi. Viloyat boʻyicha (1 km² hududga) aholi zichligi oʻrtacha hisob bilan 6 kishini tashkil qiladi. Shahar va qishloq aholisining soni 514,4 ming va 232,7 ming kishiga teng. Viloyatda ayollar aholining 52,9 % tashkil qiladi, erkaklar esa — 47,1 % tashkil qiladi. 2012-yil 1-yanvarga oid Pavlodar viloyatida 0-15 yoshdagilar (umumiy aholining 21,2 %) orasidagi bolalar soni — 158,2 ming, 16-63 (58) yoshdagilarning soni — 491,7 ming (65,8 %), 63 (58) yoshdagi kishilar bilan ulardan katta yoshdagi kishilar soni — 97,2 ming (13 %). 2011-yili xalq soning tabiiy oʻsimi 4682 kishini yoki xalqning 1000 kishiga 6,3 tashkil qiladi, bu oʻrtacha respublika koʻrsatkichining 54,3 % yoki ikki barovar ziyod. 2011-yili 1000 kishiga nikoh soni 9,4 va 1000 kishiga ajrashish soni— 4,0 tashkil qildi[11].

Milliy tarkib tahrir

Viloyatning milliy tarkibini shular tashkil qilishadi — qozoqlar, ruslar, ukrainlar, olmonlar, tatarlar, beloruslar, moldavanlar, ozarbayjonlar, chechenlar, ingushlar, boshqirdlar, koreyslar, polyaklar, bulgʻorlar, chuvashlar, mordvalar, udmurtlar va boshqalari. 2012-yilning boshlanishida milliy tarkibining salmoqli qismini qozoqlar — 48,8 % va ruslar— 37,9 % tashkil qildi. Boshqa millat vakillari viloyat aholisining 13,3 % tashkil qildi. 2012-yilgi 1-yanvarda qozoqlarning soni 364,9 ming, ruslarning soni — 283,4 ming, ukrainlarning soni — 37,9 ming, olmonlarning soni — 21,1 ming, tatarlarning soni — 14,2 ming, beloruslarning soni — 5,1 ming, boshqa millatlarning soni — 19,3 ming kishini tashkil qildi[12].

Din tahrir

 

Pavlodar viloyatida har turli dinga mansub kishilar koʻp, shularning ichida musulmon, masihiylik va katolik xristiyan, protestantizm, iudaizm va oʻzga oz miqdorda dinlardagi kishilarni uchratish mumkin. 2011-yili 1-yanvarda viloyatda 172 diniy birlashmalar bilan guruhlar roʻyxatdan oʻtgan, ulardan musulmonlar — 94 (54,7 %), xristian — 17 (10 %), katolik — 8 (4,7 %), yahudiylik — 1(0,6 %), protestantli va boshqalari — 52 (30 %). Viloyatda 126 diniy binolar mavjud.

Galereyasi tahrir

Manbalar tahrir

  1. Назначен новый аким Павлодарской области
  2. Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-27
  3. Официальный сайт Маслихата Павлодарской области :: Главная страница
  4. Pavlodarskaya oblast. Istoriya ATD[sayt ishlamaydi]
  5. Портал www.visitkazakhstan.kz — всё о туризме в Казахстане
  6. Сайт акимата Павлодарской области : Постановления
  7. Сайт акимата Павлодарской области : Концепция развития АПК Павлодарской области
  8. arxiv nusxasi (PDF), 2013-04-06da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2013-12-21
  9. Сайт акимата Павлодарской области : Сельское хозяйство
  10. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  11. Oфициальный сайт акимата Павлодарской области
  12. Управление туризма, физической культуры и спорта, 2014-12-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-04