Paxtakor tumani — Jizzax viloyati tarkibidagi tuman. 1967-yil 9-yanvarda Mirzachoʻl janubi-gʻarbidagi oʻzlashtirilgan yerlar negizida Sirdaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1974-yil Jizzax viloyati tashkil etilishi munosabati bilan ushbu viloyat tarkibiga oʻtkazilgan. Gʻarbda Zafarobod va Arnasoy, shimolida Doʻstlik, sharqda Sirdaryo viloyati Sharof Rashidov tumanlari va viloyatning Zarbdor, janubida Jizzax tumanlari bilan che-garadosh. Maydoni 67 ming km². Aholisi 340000 ming kishi (2019). Paxtakor tumanida 2 shahar (Paxtakor, Navroʻz), 13 shaharcha fuqarolari yigʻini (Akmal Ikromov, Mingchinor, Olmazor, Oqbuloq, Paxtakor, Samarqand, Chamanzor) bor. Markazi — Paxtakor shahri

Paxtakor tumani
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Paxtakor (shahar)
Yirik shahari Paxtakor shahar
Boshqa yirik shaharlari Paxtakor, Navroʻz shaharlari
Asos solingan sanasi 1967
Rasmiy tillar Oʻzbek
Maydoni 67 km² km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Paxtakor tumani xaritada
Koordinatalari: 40°18′59.8″N 67°57′59.4″E / 40.316611°N 67.966500°E / 40.316611; 67.966500 G O

Tabiati tahrir

Tuman hududi Mirzachoʻlning gʻarbida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik (oʻrtacha balandligi 295 m). Yer osti suvlari yuza va shoʻr hamda shoʻrtob. Tuman hududidan Janubiy Mirzachoʻl Kanali oʻtgan. Oqova shoʻr suvlarni chiqarib yuborish uchun zovurlar qazilgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 30—35°, eng yuqori temperatura 40°, yanvarniki —4°. Yillik yogʻin 280-300 mm. Vegetatsiya davri 205— 210 kun. Tuproqlari, asosan, boʻz, och boʻz, shoʻrxok tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, gʻumay, pechak, ituzum, tol, jiyda, terak oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, quyon, kala-mush, ilon, kaltakesak; qushlardan oʻrdak, tustovuq, qirgʻovul, kalxat, kaptar, chugʻurchiq, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, mayna va boshqa bor.

Aholisi tahrir

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (88%), shuningdek, qozoq, rus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 152 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 200000 ming kishi, qishloq aholisi 140000ming kishi.

Iqtisodiyoti tahrir

Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda Oʻzbekiston—Polsha „Oʻzpolteks“ qoʻshma korxonasi, 140 ga yaqin kichik korxona va xususiy firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari, 2 paxta tozalash zavodi, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash korxonasi, Paxtakor shahri bozori mavjud. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik. Sugʻoriladigan yerlar 26,5 ming ga dan ziyod, shu jumladan, 12,8 ming ga yerga paxta, 11,1 ming ga yerga gʻalla, 2,6 ming ga yerga boshqa ekinlar ekiladi. 12 shirkat, 965 fermer xoʻjaliklari bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 15,2 mingga yaqin qoramol, 11,4 mingdan ziyod qoʻy va echki, 275 yilqi boqiladi (1999). Paxtakor tumanida 20 umumiy taʼlim maktabi (13,2 ming oʻquvchi), shu jumladan, internatmaktab, boks va kurash maktabi, bolalar sport maktabi, litsey, kasb-hunar kolleji, madaniyat va istirohat bogʻi, badiiy havaskorlik, folklor-etnografik ansambllari ishlab turibdi. Markaziy stadion, bolalar sport majmuasi, yopiq suzish havzasi, shahardagi har bir mahallada sport majmualari faoliyat koʻrsatadi. Markaziy kasalxona (280 oʻrin), kattalar va bolalar poliklinikalari, 5 qishloq vrachlik punkti va boshqa tibbiy muassasalar bor.

Paxtakor — Jizzax, Paxtakor — Toshkent, Paxtakor — Guliston, Paxtakor — Samarqand yoʻnalishlari boʻyicha avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

1969-yildan „Paxtakor“ gazeta chiqadi (1999-yilda adadi 1 ming)[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil