Shaxzoda Filipp — Belgiya voris shaxzodasi. Filipp Leopold Lyudovik Mariya, Brabant Gertsogi (Filips Leopold Lodewijk Maria, Herzog von Brabant), Qirol Albert II va qirolicha Paolalarning katta oʻgʻli, 1960-yil 15-aprelda Bryusselda tugʻilgan [1] .

Shaxzoda Filipp

Taʼlim jarayoni tahrir

Oʻrta maktabda golland va fransuz tillarini oʻrgangan. 1978-1981-yillarda Qirollik harbiy akademiyasining desantchi va qiruvchi-uchuvchi kursida oʻqigan. Uchinchi desant batalyonini boshqargan. Belgiya harbiy-dengiz floti kemalarida birinchi rang kapitani sifatida suzgan. Oksford universitetining Triniti kollejida (Buyuk Britaniya) tajribasini oshirgan, soʻngra Stemford universitetida (Kaliforniya, AQSh) oʻqishini davom ettirib, 1985-yilda siyosiy fanlar magistri darajasiga sazovor boʻlgan. 1993-yilda otasi qirol Albert II ning taxtga chiqishi ortidan, 33 yoshli Filipp taxt vorisi boʻladi.

Unvon va lavozimlari tahrir

Hozirgi vaqtda general-leytinant va vitse-admiral unvoniga ega. 1985-yilda Belgiya hukumatining qarori bilan Belgiya tashqi savdo byurosi faxriy prizidenti (2003 yildan — Foreign Trade Agency, FTA) lavozimini qabul qilib olgan. Ungacha bu lavozimni otasi 1962-yildan beri egallab turgan edi. 1996-yildan Mutassil rivojlanish federal majlisi raisi, 1997-yildan esa faxriy prizidenti hisoblanadi. Shaxzoda Filipp chet eldagi 85 ga yaqin belgiya iqtisodiy missiyalariga rahbarlik qilgan. 1994-yil iyunida huquq senatori qasamyodini qabul qilgan. 1998-yilda turli tilli jamiyatlarni yaqinlashtirish maqsadida shaxzoda Filipp fondi[2] tashkil qilingan. 2003-yildan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Belgiya investitsiyalash kompaniyasining(BIO) faxriy raisi. 2004-yildan Rim klubi yevropa boʻlimi va Halqaro yarimshar fondi faxriy raisi hisoblanadi. 2002-yildan Leven katolik universitetining (Belgiya) faxriy doktori.

Oilasi tahrir

1999-yil 4 dekabrda Matilda d’Udek d’Akoz bilan nikohdan oʻtadi. Ularning 4 nafar farzandi boʻlib, ular: Elizaveta (2001), shaxzoda Gabriyel (2003), shaxzoda Emmanuel (2005) va malika Eleonora (2008) lardir. Er-hotin boʻsh vaqtida kitob oʻqish va sport bilan shugʻullanishni xush koʻrishadi. Har yili oʻtkaziladigan 20-kilometrlik Bryussel marafonida ishtirok etadi. Fuqaro aviatsiyasi vertolyoti uchuvchisi litsenziyasiga ega[3].

Manba tahrir

  1. www.21july.monarchie.be/content/royal-family Belgiya qirollik oilasi
  2. monarchie.be/node/393
  3. OʻzME