Pierre Curie (fransuzcha: Pierre Curie; 1859.15.5 - Parij — 1906.19.4) (talaffuzi: Pier Kyuri) — fransuz fizigi. Asosiy ilmiy ishlari kristallar fizikasi, magnetizm va radioaktivlikka oid. Ukasi Paul Jean Curie bilan hamkorlikda pyezoelektriklik hodisasini ochgan va tekshirgan (1880). Kristallar simmetriyasi masalalarini (1884—85), fizikada simmetriya muammolarini oʻrgangan (1894). Magnit hodisalarini tekshirish natijasida paramagnit jismlarning magnit qabulchanligi mutlaq temperaturaga bogʻliqligini (qarang Kyuri-Veys qonuni) va ferromagnit materiallar paramagnit materiallarga aylanuvchi temperaturani aniqlagan (qarang Kyuri nuqtasi). 1898-yildan boshlab rafiqasi M. Sklodovskaya Kyuri bilan birgalikda radioaktivlik hodisasini tekshira boshlagan. Poloniy va radiy elementini kashf qilgan, radioaktiv nurlanishni tekshirgan (1898). Radiy nurlanishining murakkab tarkibini va shu nurlanish taʼsirida shisha va chinnilarning boʻyalishini aniqlagan (1899). Radiy tuzlaridan oʻz-oʻzidan issiqlik ajralishini aniqlagan (1903); Nobel mukofoti laureati (1903; Marie Curie va Henri Becquerel bilan birgalikda).[3]

Pierre Curie
Tavalludi 15-may 1859[1]
Vafoti 19-aprel 1906[1]
Fuqaroligi Fransiya[2]
Otasi Eugène Curie
Onasi Sophie-Claire Depouilly

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil