Pilik — 1) toʻqimachilikda — paxta, jun, ipak va zigʻir tolalarini boʻshgina himarib, choʻzib, toʻgʻrilab hosil qilinadigan mahsulot. Piltat nisbatan birmuncha yupqaroq va tekisroq boʻladi. P. yigirish usuli (sistemasi) va tolalarning xiliga qarab, ingichka va yoʻgʻon P.larga boʻlinadi. Mas, ipakdan tayyorlangan P. paxta, jun yoki zigʻir tolalaridan olinadigan P.ga nisbatan ingichkaroq chiqadi.

P. ip yigirish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. P., asosan, yigirish korxonalarida yigiruv mashinasida tayyorlanadi. Mashinaning asosiy qismi — choʻzuvchi asbob va pishitish-kalavalash mexanizmi; 2) kerosin lampa yoki kerogazning kerosin (yoki moy) ni shi-mib yonadigan qismi. Yoritish yoki kiz-dirish asbobining kattakichikligi (nomeri) ga qarab, P. ham ensizroq yoki enliroq boʻladi (mas, 7-pilik, 10-pilik va boshqalar); 3) soch oʻrami yechilib ketmasligi uchun uning uchiga qoʻshib oʻriladigan paxta tolalari; 4) qosh yoki kiprikni boʻyash uchun uchiga paxta oʻralgan choʻp.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil