Pinocchio (talaffuzi: Pinokkio), (O'zbek tilida buratino deb ham ataladi) — Carlo Collodi qalamiga mansub Pinokkioning sarguzashtlari (italyancha: Le avventure di Pinocchio),(1883) kitobidagi toʻqima qahramon, asosiy personajlardan biri.[1][2]

Pinocchio
Pinocchioning sarguzashtlari obrazi

Rassom — Enrico Mazzanti
Ilk bora koʻringan Pinocchioning sarguzashtlari (1883)
Muallif(lar) Carlo Collodi
Umumiy maʼlumotlar
Turi Yogʻoch qoʻgʻirchoq (keyinchalik odam)
Jinsi erkak
Oilasi Geppetto (otasi)
Millati italyan

Italiyalik bolalar yozuvchisi Carlo Collodi qalamiga mansub 1883-yilda yozilgan fantastika va sarguzasht janrlaridagi roman. Bu kitob, Geppetto ismli kambagʻal yogʻoch oʻymakor va u yasagan Pinocchio ismli yogʻoch qoʻgʻirchoqning sarguzashtini oʻz ichiga oladi.

Dastlab, ushbu roman, ilk marotaba seriya shaklida „Qoʻgʻirchoq hikoyasi“ (italyancha: La storia di un burattino) nomi ostida 1881-yil 7-iyuldan boshlab Italiyaning haftalik bolalar jurnallaridan biri boʻlgan Giornale per i bambini jurnalida chop etilgan. Koʻpchilik oʻquvchilarning talablariga binoan epizodlar 1882-yil 16-fevralda yangilandi. 1883-yil fevralda hikoya bitta kitob koʻrinishida chop etildi. Oʻshandan buyon, Pinocchio haqidagi kitob, oʻsha davrdagi bolalar uchun moʻljallangan kitoblarning asosiy bozorlarida tarqalishi jihatdan doimiy va uzluksiz boʻlib kelmoqda hamda bu jahon boʻylab tanqidiy sharhlar bilan kutib olindi.

Pinokkioni tasvirlagan eng mashhur rassomlari orasida Roberto Innosenti va Libiko Maraya (1955) Alohida ta'kidlab o'tish lozim. Uning boshqa shakldagi ko'rinishini mashhur Uolt Disney multfilmida hamda Matteo Garron suratga olgan filmda ham ko'rish mumkin.

Xarakterning o'ziga xos xususiyati shundaki, u yolg'on gapirganda burni uzunroq bo'ladi. Toskana lahjasida "Pinocchio" "qarag'ay yong'og'i" degan ma'noni anglatadi.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash] tahrir

Sharmankachi Karlo ota yogʻochdan uzun burunli qoʻgʻirchoq yasab, uni Buratino deb ataydi. Buratino qoʻgʻirchoq doʻstlari bilan koʻp sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Ular qoʻgʻirchoq teatrining yovuz egasi Karabas-Barabasdan hamda ayyor tulki Alisa bilan mushuk Baziliodan qochadilar.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash] tahrir

  • Buratino – yogʻoch qoʻgʻirchoq
  • Karlo ota – Buratino yogʻochdan yasagan sharmankachi
  • Juzeppe – duradgor, Karlo otaning doʻsti
  • Malvina – moviy koʻzli qoʻgʻirchoq
  • Artemon – Malvinaga sodiq it
  • Pyero – Malvinani sevuvchi shoir qoʻgʻirchoq
  • Arlekin – Pyeroning qoʻgʻirchoq doʻsti
  • Toshbaqa Tortila – Buratinoga oltin kalit sovgʻa qilgan toshbaqa
  • Soʻzlovchi chigirtka – Buratinoga uning taqdirini aytib beruvchi chigirtka
  • Karabas Barabas – qoʻgʻirchoq teatri egasi
  • Duremar – zuluk sotuvchi
  • Alisa – ayyor tulki
  • Bazilio – ayyor mushuk

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash] tahrir

Asarni rus tilidan oʻzbek tiliga Qodir Muhammedov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 2015-yil Toshkent shahrida „Yangi Asr Avlodi“ nashriyotida chop etilgan.

 
Pinocchio (rassom Carlo Chiostri, 1901-yil)

Manbalar tahrir

  1. Joy Lo Dico.. „Classics corner: Pinocchio by Carlo Collodi“ (2009-yil 2-may). Qaraldi: 1-oktabr 2015.
  2. Martin, Clancy (6–fevral 2015). „What the Original 'Pinocchio' Really Says About Lying“. The New Yorker. Qaraldi: 1–oktabr 2015.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()