Piranyalar, piranyasimonlar (Serrasalmidae) — chuchuk suv balikdari oilasi. Uzunligi 25-60 sm. Gavdasi 2 yondan yassilashgan. Jagʻlarida oʻtkir tishlari bor. 15 turi Amazonka va Orinoko daryolari havzasida, Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy qismida tarqalgan. Yirtqich, gala boʻlib yashaydi. Balikdar va boshqa hayvonlarga hujum qiladi; odam uchun ham xavfli. Oddiy piraniya toʻdasi bir necha minut davomida vazni 50 kg ga yaqin hayvonni yeb qoʻyadi. Ovlanmaydi. Ayrim turlari akvariumlarda boqiladi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil