Pirop (yun. pyropos — olovsimon) — granatlar guruhiga mansub mineral. Mg3Al2[Si0J3, tarkibida 20,45% MgO boʻladi. Unga temir, marganets ham aralashgan. P. chiroyli toʻq qizil rangi bilan ajralib turadi. Ayrim peridotit lar, kimberlitlar, shuningdek, serpentinitlar uchun xos. P.ning qip-qizil, tiniq, shaffof kristallari qimmatbaho tosh hisoblanadi. Yaltiroqligi shishasimon, qattikligi 6,5—7,5, zichligi 3580–3710 kg/m3. Mashhur P. koni Chexiyada boʻlib, metamorfizlashgan magnezial slanetslarda, sochma konlarda keng tarqalgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil