Pirrotin (yun. pyrrotes — choʻgʻday qizil yoki quyuq sariq), magnit kolchedani — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Tarkibi Gʻe, KS. Qoʻshimcha sifatida Ni, Co boʻladi hamda qat-tiq qorishmalari (xalkopirrotinlar) uchraydi. Geksagonal yoki monoklin singoniyali kristallari kam uchraydi, odatda, yaxlit massa yoki xol-xol donalar shaklida boʻladi. Rangi toʻq sariq, qiz-dirilganda qoʻngʻir tusga kiradi, me-talldek yaltiroq, moʻrt. Strukturasi nuqsonli, chunki oktaedr boʻshliqlarning hammasi ham Gʻe bilan toʻldirilmagan. Qat-tikligi 3,5—4,5; zichligi 4580–4700 kg/ m3. Magnit xossasi tarkibiga qarab oʻzga-radi: S kam boʻlgan triolit va geksagonal P. — antiferromagnetiklar, S koʻp boʻlgan monoklin P. — ferromagnetik (Kyuri nuqtasi 300—320°S). P.ning ay-rim minerallari paramagnetizm (magnit anizotropiyasi) xususiyatiga ega. P. qaynoq aralashmalardan vujudga keladi. Turli genetik tiplarda va endogen konlarda tarqalgan: asosli magmatik jinslarda sulfat uyumlari (mis-nikel sulfidlar) orasida, kontakt-metasomatik konlarda xalkopirit, pirit, kassiterit, sheyelit, kalsit, kvars bilan, gidrotermal konlarda sfalerit, galenit, xalkopirit, kassiterit, arsenopirit bilan, choʻkindi jinslar orasida siderit bilan birga uchraydi. Oksidlanish zonasida pirit, markazit va qoʻngʻir te-mirtoshlarga aylanadi. P. rudalarida boshqa foydali komponentlar boʻlmasa, kam foydalaniladi, ular oltingugurt, temir, sulfat kislota olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi, nikelli P. nikel olish uchun foydalaniladi. P. Oʻzbekistonda dastlab Samarqand viloyatida (1891), soʻngra Chatqol-Qurama togʻlarida, Oʻzbekiston gʻarbi va janubida va boshqa joylarda topilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil