Pitekantroplar (qadimgi yunoncha: πίθηκος [pithekos] maymun va ἄνθρωπος [anthropos] — odam) — eng qad. qazilma odamlar (taxminan 900 ming yil avval). Neandertallardan oldin yashaganlar. Ilk paleolit madaniyatini yaratganlar. 1890—92 yillarda golland olimi E. Dyubua Yava oroldagi Solo daryosi yaqinidan 4qatlam quyi yotqiziqlarida odamning eng qad. ajdodiga mansub bosh miya qopqogʻi, son suyagi va uchta tishini topgan. 1973-yilda suyak boʻlaklari, pastki jagʻ, son suyagi parchalari va 20 ga yaqin alohida tishlar to-pilgan. Pitekantroplar bosh miya qopqogʻi shakli va kattaligiga koʻra odam va odamsimon maymun oraligʻida turadi. Pitekantroplarning miya hajmi 900 sm3 ga yaqin (gorillaniki 500 sm3, hozirgi zamon odamlarida oʻrtacha 1400 sm3). Uning peshonasi nishab boʻlib, shimpanzenikiga oʻxshaydi.

Pitekantroplarning topilishi antropologiyat. mu-him voqea boʻldi. Pitekantroplar qoʻlda murakkab harakatlar bajarishgan va podapoda boʻlib yashagan. Qoʻlda murakkab harakatlar qilish mehnat harakatiga, poda-poda boʻlib yashash esa, jamiyatning ilk kurtagiga aylangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil