Pitirim Aleksandrovich Sorokin (21-yanvar 1889-yil, Turya, Perm gubernyasi — 2-oktyabr 1968-yil, Uinchester, Massachusetts shtati, AQSh) — kelib chiqishi rus boʻlgan amerikalik sotsiolog. Oʻng eserlar yetakchisi. 1920-yildan Petrograd universiteti profesori. Aksilinqilobiy faoliyati uchun shoʻrolar hukumati uni mamlakatdan chiqarib yuborgan (1922). 1923-yildan AQShda. 1930-yillarda Harvard universiteti professori. Shu yerda sotsiologiya fakultetini tashkil etib, uni boshqargan. Sorokin AQSH sotsiologiyasida hukmron boʻlgan empirik yoʻnalishni tanqid qilgan va "integral" sotsiologiya toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirgan. Ijtimoiy borliqni individdan yuqori turuvchi ijtimoiy madaniy mavjudlik deb bilgan. Tarixiy jarayonni madaniyat asosiy tiplarining siklik almashinuvi deb tushuntirgan, bu madaniyatlar negizida til, axloq, sanʼat, fan, din birgalikda mavjud boʻladi. Hozirgi madaniyat umumiy inqirozni boshdan kechirmoqda deb hisoblagan Sorokin bu inqirozni materializm va fanning rivojlanishi bilan bogʻlaydi hamda diniy "idealistik" madaniyatni kasaltiribgina inqirozdan chiqish mumkin, deb izohlaydi. Gʻarb sotsiologiyasida Sorokinning ijtimoiy mobillik va ijtimoiy stratifikatsiyani oʻrganish sohasida qilgan empirik tadqiqotlari ham yuqori baholanadi.

Pitirim Sorokin

Adabiyotlar tahrir