Pitti (Pitti) — Florensiyadagi ba-diiy muzey. P. palatssosiga joylashgan [binoning oʻrta qismi meʼmori F. Bru-nelleski (?), 1440-yildan; 17—18-asrlarda kengaytirilgan; hovli meʼmori B.Ammanti, 1558—70-yillar; plafonlari Pyetro da Kortona tomonidan bajarilgan, 1640—47], bino manʼyeris-tik bogʻga tutashgan. 1828-yildan omma uchun ochylgan. 1911-yildan davlat tasar-rufida. P. toʻplami asosini Medichilar xonadoniga tegishli asarlar tashkil etadi. Suratlar galereyasi bino xonalarining katta qismini egallagan. Toʻplamda, asosan, 15—17-asrlar italyan (Rafael, Titsian va boshqalar), qisman 17-asr flamand (P.Rubens, A. van Deyk va boshqalar) rassomlik maktabi vakillarining asarlari jamlangan. P.da, shuningdek, zamonaviy sanʼat galereyasi va Kumush buyumlar muzeyi mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil