Plazma, qon plazmasi — qonning suyuq qismi. Unda qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) bo'ladi. Qon plazmasi tarkibidagi o'zgarishlariga qarab, turli kasalliklar (revmatizm, qandli diabet va boshqalar)ni aniqlash mumkin. Qon plazmasidan dori preparatlar (albuminlar, fibrinogen, gamoma-globin va boshqalar) tayyorlanadi.[1][2]Odam qon plazmasining hajmi 55-60% ni tashkil etadi. Qon plazmasini shaklli elementlaridan ajratish uchun maxsus qonni ivishdan saqlovchi moddalar qo'shish yo‘li bilan olingan qonni sentrifugalanadi. U og'ir bo'lgani uchun probirka tubiga eritrotsitlar cho'kadi, uning ustiga oq tusli leykotsitlar («leykon»-rangsiz), so'ngra yaltiroq ko‘rinishli qon plastinkasidan trombotsitlar cho‘kadi. Shaklli elementlar ustida suyuq rangsiz yoki sarg'ich tusli qavat plazma ajraladi. Qon plazmasi (qon zardobi) qonning suyuq qismi bo'lib, u murakkab aralashma.

Tarkibi tahrir

  • oqsillar
  • yog'lar
  • karbonsuvlar
  • mineral tuzlar
  • fermentlar
  • antitelalar
  • erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid

kabilar) bo'ladi. Plazma tarkibida o'rtacha 90% suv, 7-8% oqsillar, 0,9% tuzlar, 0,1% glukoza, 0.8% yog'lar bo'ladi. Plazmadagi oqsillardan-albumin-4%, globulin 2,8% va fibrinogen-0,4%ni tashkil qiladi. Fibrinogen va albumin muhim biologik ahamiyatga ega bo'lib , jigarda hosil bo'iad i va qonning ivishini amalga oshiradi. Globulin esa jigar, taloq, ilik va limfa tugunlarida hosil bo'ladi. Limfa oqsillarining miqdori 0,3-0,4% ga teng. Qon plazmasidan hamma oqsillar cho'ktirilgandan so'ng filtratda modda almashinuvining oraliq mahsulotlari-siydik kislotasi, kreatin, amiak va boshqa moddalarni ajratish mumkin. Bu moddalar tarkibidagi azot, qoldiq yoki oqsilsiz azot deb ataladi, uning miqdori katta odamlarda 20-40 mg% ni yoki 20-40 mg 100 ml qon hajmiga to‘g‘ri keladi. Qon plazmasi tarkibida yog‘ kislotasi va yog‘simon moddalar uchraydi. Ertalab och holda odam qon plazmasida 0,5-1,0% chamasi yog‘ va yog'simon moddalar topilgan. Glukozaning qon plazmasidagi umumiy miqdori 80-120 mg% ga teng. Ovqatlanganda uning miqdori 0,2 % ga ko'tariladi. Buni ovqatianish giperglikemiyasi deb ataladi. Glukozaning plazmada 0,05 % gacha pasayishi gipoglikemiya deyiladi. Glukozaning plazma tarkibida 0,2% ga oshib ketishi yoki 0,05 dan pasayib ketishi organizm funksiyasining kuchli buzilishiga olib keladi va o'lim sodir bo'lishi mumkin. Aks holda qonda sut kislotasi miqdori 10-30 mg% ga teng.

Mineral tuzlari tarkibi tahrir

  • natriy
  • kaliy
  • kalsiy
  • magniy
  • xlor va
  • fosfatlar kiradi.

Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, ya'ni PH=7.4 Qon plazmasi oqsillari va peptidlar quyidagi funksiyalari bajaradi:

1. oqsillar kolloid-osmotik bosimining paydo bo'lishida muhim rol o‘ynaydi. Osmotik bosim to‘qimalar bilan qon o‘rtasidagi almashinuvini tartibga solish uchun zarur;

2. oqsillar qonning bufer tizimi uchun eng kerakli moddalar hisoblanadi va kislotali-ishqoriy muvozanatni saqlashda ishtirok etadi;

3.oqsillar qon plazmasining yopishqoqligini ta'minlaydi;

4.plazma oqsillari eritrotsitlari tez cho‘kishiga yo‘1 qo‘ymaydi;

5. Plazma oqsillari qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi;

6. qon plazmasi immunitetning muhim omili hisoblanadi;

7. qon plazma oqsillari tashuvchi vazifasini bajaradi;

8. oqsillar-oziq modda.

Oqsil miqdori tahrir

Plazmadagi umumiy miqdori 200-300 g. Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17 g albumin va 5g globulin sarflanadi va shuncha oqsil hosil bo'ladi. Albuminlaring yarim parchalanish davri 10-15 kun, globulinlarniki esa-5 kun. Albuminlar plazma oqsillarining 60% tashkil etadi. Ularing molekulalari unchalik katta bo'lmasa ham, harakatchanligi tufayli osmotik bosimning hosil bo'lishida yordam beradi. Masalan, albumin qonning tashilish funksiyasiga faol ishtirok qilib, bilirubin, yog‘ kislotasi, ba’zi bir farmakologik moddalar va boshqa antibiotiklarni qon orqali tashilishi uchun asosiy tuzilma hisoblanadi.

Molekulyar tuzilishi tahrir

Albuminning bitta molekulasi 25-50 ta bilirubin molekulasi bilan birikish qobiliyatiga ega. Globulinlar turli oqsilli fraksiyalarga bo'linadi:

  • alfa-1,
  • alfa-2,
  • beta-2
  • gamma-globulinlar.

Alfa-l-globulinning oqsillari glikoproteinlar va mikoproteiniar deb ataladi. Ularing tarkibidagi plazmaning 60% glukozasi organizmda aylanib yuradi. Aifa-2-globulinlar oqsillarining tarkibida mis elementi borligi uchun ularni seruloplazmin deyishadi. Bu oqsilning bir molekulasi 8 mis atomi bilan birikishi mumkin, ya'ni plazmadagi 90% mis oqsil bilan birikkan. Beta-globulinlar fosfolipid, xolesterin, stereoid gormon va metall kationlarini tashilishi uchun xizmat qiladi. Metali bor oqsil transferin deb ataladi, masalan, temiring qon orqali tashilishi uchun muhim. Transferinning har bitta molekulasi temirning ikki atomini tashishi uchun moslashgan.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. |last1=E.Nuritdinov |url=https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/biologiya/Odam%20fiziologiyasi%20(E.Nuritdinov).pdf |website=ziyo.uz.com |publisher=Toshkent "Aloqachi " |accessdate=16-noyabr 2022-yil |archivedate=2005 |page=36-37}}