Bobojonov Poʻlat Razzoqovich (1961-yil 1-yanvar, Bogʻot tumani, Xorazm viloyati) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. 2017-yil 4-sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri[4]. 2012—2017-yillarda Xorazm viloyati hokimi[1].

Bobojonov Poʻlat Razzoqovich
 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
 
Mansab davri
2017-yil 4-sentyabrdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdusalom Azizov[1]
 Xorazm viloyati hokimi
 
Mansab davri
2012-yil 24-yanvardan – 2017-yil 4-sentabrgacha[2]
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ollobergan Olloberganov
Vorisi Ilgizar Sobirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1961-yil (1961-01-01) (63 yosh)
Bogʻot tumani, Xorazm viloyati
Mukofotlari
Unvoni General-leytenant[3]

2023-yil 18-fevraldan - O'zbekiston Respublikasi Voleybol Federatsiyasi raisi[5].

Biografiya tahrir

Taʼlim tahrir

1977-1982 yy. — Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi.

Mehnat faoliyati tahrir

1982-yilda Harbiy xizmat oʻtagan. 1982-1983-yillarda Gurlan tumani prokurorining yordamchisi vazifasida ish oʻrganuvchi, 1983-1985-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi prokurori, 1985-1991-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi boshligʻi, 1991-1992-yillarda Xorazm viloyati Gurlan tumani prokurori, 1992-1996-yillarda Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, 1996-1999-yillarda Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari — nazorat inspeksiyasi boshligʻi, 1999-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-kadrlar siyosati masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining yetakchi konsultanti, 2000-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining hududiy organlar kadrlari bilan ishlash shoʻbasi bosh inspektori vazifasini bajaruvchi, 2000-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari, 2005-2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, 2006-2011-yillarda Jizzax viloyati prokurori, 2011-yil qisqa muddat Buxoro viloyati prokurori, 2011-2012-yillarda Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, 2012-2017-yillarda Xorazm viloyati hokimi vazifalarida faoliyat olib borgan. 2017-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlamoqda. 2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti[6]. 2023-yil 18-fevraldan - O'zbekiston Voleybol Federatsiyasi raisi[5].

Vazir sifatidagi faoliyati tahrir

Poʻlat Bobojonov Ichki ishlar vaziri sifatida O‘zbekistonda aholiga yaqindan xizmat koʻrsatadigan tizim yaratilganligini maʼlum qilgan[7]

Keyingi yillarda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Shuning barobarida bevosita ichki ishlar organlariga doir 4 ta qonun, 30 dan ziyod farmon, qaror va farmoyishlar, 150 dan ortiq hukumat va idoraviy hujjatlar qabul qilindiki, mazkur huquqiy hujjatlarda belgilangan asosiy norma va vazifalar bugun hayotda oʻz ifodasini topmoqda

— Poʻlat Bobojonov, [8]

2019-yilda Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba Jasliq qamoqxonasidagi mahkumlar soni haqida aniq maʼlumot bergan[9]. Vazirga koʻra, oʻsha vaqtda „Jasliq“ qamoqxonasida 395 nafar mahkum saqlangan.

2020-yil yakunlari boʻyicha hisobotida Poʻlat Bobojonov ichki ishlar tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashda raqam ortidan quvish emas, jinoyatchilikning asl sabablarini bartaraf etish orqali fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga asosiy eʼtibor qaratilganligi haqida axborot bergan[10].

Tanqidlar tahrir

Poʻlat Bobojonov 2016-yildan keyin tayinlangan vazirlar orasida OAVdan „uzoq“ vazir sifatida tanqid qilingan[11].

Manbalar tahrir