Poʻlat Shamshetovich Madreimov (1942.15.1, Qoraqalpogʻiston, Chimboy shahri) — baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1965). 1965— 70 yillar Qoraqalpoq teatrida baletmeyster, 1970—74 yillar Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida, ayni vaqtda 1970-yildan "Oyqulash" ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar. Raqslarida qoraqalpoq xalqining hayoti va urf-odatlari, tarixini xalq oʻyinlari va marosimlaridan olingan milliy harakatlar orqali ifodalashga intiladi. Sahnalashtirilgan eng yaxshi raqslari: "Oʻtov", "Lolalar raqsi", "Orol yigitlari", "Mehnat zavqi", "Oʻynasin", "Oyqulash", "Jilva", "Nozli qiz", "Chavandozlar", "Yoshlar sayli", "Uchrashuv" va boshqa Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil