Poʻlat Saidqosimov (1931.8.10, - Toshkent - 2019.18.1) — Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). 1954— 57 yillar H.Olimjon nomidagi Samarqand teatrida, 1957-yildan Hamza (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama) teatrida aktyor. Keng koʻlamli, turli yechimdagi, psixologik murakkab rollarga moyillik, inson maʼnaviy dunyosini chuqur taxlil qilish S. isteʼdodiga xos boʻlib, obrazlari sodda va tabiiyligi, mukammal sahna nutqi, aktyorlik ifoda vositalarining loʻndaligi bilan ajralib turadi. "Xolisxon"dagi Rustam S.ning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Poʻlat (O. Yoqubov, "Yurak yonmogʻi kerak"), Abdullatif ("Mirzo Ulugʻbek"), Ilyos (Ch. Aytmatov, "Sarvqomat dilbarim"), Edgar (U. Shekspir "Qirol Lir"), Karimjon (A.Qahhor, "Ayajonlarim"), Salimboyvachcha (Oybek, "Qutlugʻ qon"), Avrangzeb (Uygʻun, "Zebunniso"), Sobirov (I. Sulton, "Imon"), Sagʻdiyev (O. Abdullin, "Un uchinchi rais"), Zargarov (A. Muxtor, "Saxro tor"), Bobo (U. Azim, "Bir kadam yoʻl") kabilar teatrda yaratgan eng yaxshi rollaridir. Kinoda Mahkam ("Muhabbat mojarosi"), Beruniy ("Abu Rayhon Beruniy"), Zavqiy ("Olovli yoʻllar"), Gʻafurov ("Ilondan saqlan"), Ilyos ota ("Tong otguncha") va boshqa; telefilmda Otaqoʻzi ("Diyonat"), Mirzakarimboy ("Qutlugʻ qon"), Muhammad chatoq ("Girdob"), Cherkashin ("Ichkuyov"), Toʻgʻonbek ("Alisher Navoiy"), Abdullatif ("Ulugʻbek xazinasi") kabi bir qancha rollarni ijro etgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan. 2019-yil 18-yanvar kuni 88 yoshda vafot etdi. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.[1]

Poʻlat Saidqosimov
Tavalludi 8-oktyabr 1931-yil
Vafoti 18-yanvar 2019-yil(2019-01-18)
(87 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil