Polikrat (? — miloddan avvalgi taxminan 523 yoki 522) — Samos o. tirani (hokimi; taxminan 540 yildan). Davlat miqyosida tangalar zarb etgan, qurilish ishlari olib borgan, harbiy va savdo floti, shuningdek, armiya tuzgan; Kichik Osiyo va Egey dengizi orollaridagi shaharlar bilan savdo yoʻliga egalik qilish uchun kurashgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil