Polisintetik tillar - sintetik tillarnnnt turi. Bunday tillarda barcha grammatik maʼnolar, odatda, morfemalari davomli ketma-ket joylashgan soʻz tarkibida beriladi. Polisintetik tillar, asosan, ergativ qurilishga (gapda ish-harakat bajaruvchisi hamda obʼyektning aloqida maxsus kelishikda boʻlishidan iborat sintaktik tuzilma) ega boʻlgan chukchakamchatka, eskimosaleut, abxaz-adigey tillari, shuningdek, Shim. va Markaziy Amerikadagi koʻplab indeys tillaridir. Affikslarning eng koʻp miqdordagi tizmasi (shaxs, son, zamon, mayl, harakat usuli va boshqalarni ifodalovchi qoʻshimchalar) feʼl soʻz shakllarida uchraydi. Feʼl soʻz shakli Polisintetik tillarda, odatda, toʻliq gap mazmunini anglatadi. Mas, chukcha tilida "mitvinni-ekvetirkin" feʼl soʻz shakli "biz toʻrlarni qoʻriklayapmiz" degan maʼnoni bildiradi.[1]

Tilshunoslik tipologiya
Morfologik tipologiya
Soʻz tartibi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil