Pompey Gney (Gnaeus Pompeius Magnus; miloddan avvalgi 106—48) — Rim sarkardasi va siyosat arbobi. Dastlab, Sulla tarafdori boʻlgan. Miloddan avvalgi 70, 55 (Krase bilan birgalikda) va 52 yillarda konsul boʻlgan. Spartak qoʻzgʻolonini bostirgan. 66-yildan Mitridat VI Yevpatorga qarshi urushda Rim qoʻshiniga qoʻmondonlik qilgan va gʻalabaga erishgan. Miloddan avvalgi 60-yilda Senatga qarshi kurash uchun Krass va Sezar bilan bitim tuzgan (1-triumvirat). Triumvirat boʻlinishidan keyin Sezarga qarshi kurashgan. Miloddan avvalgi 48 yilda Dirraxiy (Epir) yaqinida uni yengadi, lekin Farsal (Fessaliya) yaqinida Sezardan magʻlubiyatga uchrab, Misrga urchadi. U yerda shoh Ptolemey XSH Dionis buyrugʻiga koʻra oʻldirilgan[1].

Pompey

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil