Popokatepetl — Meksikaning jan. qismidagi soʻnmagan vulkan, Koʻndalang Vulkanli Syerra toglari-da. Bazalt va andezitlardan tuzilgan, balandligi 5452 m. Doim tutun burqirab turadi. 16—17-asrlarda tez-tez otilib turgan. Yon bagʻirlari 3800 m gacha dub va qaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan. Choʻqqilarida doimiy qor va muzliklar bor. Milliy bogʻ tarkibida.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil