Герб Татарстана «Tatariston» portaliga xush kelibsiz!

|} |}

Tatariston haqidagi maqolalalar tahrir

Tatariston haqidagi tanlangan maqola tahrir

Tatariston haqidagi yangi maqolalar tahrir

Eng zo'r tasvir tahrir


 

Yangiliklar tahrir

Pornoaktrisa Musulmon kinofestivalida g‘olib chiqdi Qozonda o‘tkazilgan VII Xalqaro musulmon kinofestivalida Gran-Pri germaniyalik asli turk aktrisa Sibel Kekilliga berilgani katta janjalga sabab bo‘ldi. Tadbir tugab, sovrindorlar aniqlangach, turk aktrisasining o‘tmishda porno-filmlarda ishtirok etgani ma‘lum bo‘ldi.

Tatariston Musulmonlar diniy boshqarmasi rahbari Ildus Fayzov ijodi boshida pornografik filmlarda suratga tushgan germaniyalik asli turk aktrisa Sibel Kekilliga musulmon festivalining asosiy sovrini topshirilgani munosabati bilan respublika Madaniyat vazirligiga ochiq xat yo‘lladi.

I. Fayzov va boshqa jamoat arboblarining noroziligini nafaqat G‘arbda pornoaktrisa sifatida tanilgan Kekilliga festival gran-prisining berilishi, balki uning bir necha marta Islom haqida salbiy fikrlar bildirgani turtki bo‘ldi, deydi bu xususda Ozodlikka izoh bergan Tatariston Musulmonlar diniy idorasi targ‘ibot va axborot bo‘limi boshlig‘i Rishat Hamidullin.

- Tatariston Respublikasi Diniy boshqarmasi bu festivalning tashkiliy qo‘mitasi bilan kengashgani yo‘q, ular tanlagan filmlarni ko‘rmagan va g‘oliblar tanlovida ishtirok etmagan. Agar tashkilotchilar musulmon kinosi festivalini o‘tkazishni eplay olmasa, biz “musulmon” degan iborani bu festival nomidan o‘chirib tashlashni talab qilamiz. Bu festival dunyoviy bo‘lsin, biz qarshi emasmiz, lekin uni diniy nom ostida taqdim etilishiga mutlaqo qarshimiz,- deydi Rishat Hamidullin.

Din idorasi vakili shuningdek, Tatariston Madaniyat vaziri muovini Go‘zal Nigmatullinaning ommaviy axborot vositalarida bergan intervьyusida “Qozon Musulmon kinofestivali tashkilotchilari Tatariston Musulmonlar diniy idorasi bilan hamkorlikda filmlarni tanlagan”, degan fikrlari mutlaqo haqiqatga mos emas, deya qo‘shimcha qildi.

Tatariston Musulmonlar diniy idorasi rahbari Ildus Fayzovning respublika Madaniyat vazirligi nomiga yuborgan xatda yozilishicha, Sibel Kekilli “zulm - Islom madaniyatining ajralmas qismi”, degan fikrlarni bildirgan.

Tatariston Madaniyat vazirligi yuzaga kelgan vaziyatni izohlaganicha yo‘q.

VII Qozon Xalqaro musulmon kinosi festivali hujjatlarida aytilishicha, tanlov hay‘ati Gran-pri sovrini nemis aktrisasiga “Begona” filmidagi roli uchun bergan. Aktrisaning o‘zi festivalga tashrif buyurmagan.

Kino ekspertlari esa Sibel Kekillini haqiqatan iste‘dodli aktrisa va tatarcha “Oskar”ga munosib, deb hisoblamoqda. Festival jyurisi ishtirokchilaridan biri jurnalistlarga “Agar bizda har bir ishtirokchining o‘tmishi ikir-chikirigacha kovlanadigan bo‘lsa, istagan narsangizi kovlab olish mumkin. Bunday holda, anjuman nomini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi”, deydi.

VII Qozon Xalqaro musulmon kinosi festivali ijrochi direktori Ilshat Latipovdan sovrinning keyingi taqdiri haqida Ozodlikka bularni aytdi.

- Bu ma‘lumotga izoh berilmaydi. Sizga izoh zarur bo‘lsa Musulmonlar diniy boshqarmasiga murojaat qiling. Men sizga festivalda g‘olib deb topilgan filmlar haqida gapirib berishim mumkin. Masalan, bosh homiymiz mahsus sovrini, ya‘ni tomoshabinlarning alohida e‘tiborini qozona olgan o‘zbek rejissyori Shuhrat Mahmudovning “Sharqdan taralgan nur” filmi bo‘ldi. Bu to‘liq metrajli hujjatli film Abu Ali ibn Sino haqida olingan ilmiy-ommabop film,- deydi festival ijrochi direktori Ilshat Latipov.

Aytish joyiz, O‘zbekistondan “Sharqdan taralgan nur” filmidan tashqari festivalda Akbar Bekturdiyevning “So‘nggi lahza” filmi ham ishtirok etdi.

Kinoanjuman rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, deb xitoylik kino ustalarining “Mening ta‘sirchan teatrim” nomli kartinasi Qozon musulmon kino festivalida eng yaxshi film tanlandi.

Musulmon kinosi festivali tashkiliy qo‘mitasidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, eng yaxshi ayollar roli ijrochisi sovrini “Begona” filmida bosh rolni ijro etgan Sibel Kekilliga, u yashaydigan Hamburgga allaqachon yuborilgan.

Shuningdek, Germaniya ommaviy axborot vositalaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, Sibel Kekillining pornofilmlarga aloqasi borligini bilib qolgan otasi va oila a‘zolari undan voz kechgan.

Nemsi matbuoti aktrisaning otasi Mexed Kikellining “Bizda bunday qizimiz yo‘q. Bunday sharmandalikni kechirib bo‘lmaydi”,- degan so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Rossiya musulmonlar jamoatchiligi sovrinni Qozonga qaytarishni talab qilmoqda.

ozodlik sayti

Turkumlar tahrir