Poygumbaz — gumbaz oʻrnatiladigan qurilma, asos. Gumbazning gardishsimon ostki, binoning ustki qismi. P. gumbazni binodan baland koʻtarib, ajratib turadi, unga salobat va koʻrkamlik bagʻishlaydi. P.ning 4 yoki 2 tomonidan darcha ochilib, unga panjaralar ishlanadi. P. gumbaz va bino rangiga moye ravishda turli xil koshin-kori, girih naqsh, shakl va kitobalar bilan bezatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil