Predikativlik (lot. praedicativus — tasdiqlovchi, qatʼiy) — 1) zamonaviy mantiq fanida — belgilar va predmetlar oʻrtasida obyektiv mavjud boʻlgan aloqalarni aks ettiruvchi asosiy tushunchalardan biri; 2) tilshunoslikda — gapni shakllantiruvchi sintaktik kategoriya boʻlib, gap mazmuniga obyektiv borliqning u yoki bu hodisasi haqida xabar berish xususiyatini baxsh etadi. Predikativlik, belgi (harakat, sifat va xususiyat) bilan predmetning zamon va maylda anglashiladigan oʻzaro munosabatini ifodalaydi va shu tariqa gapni alohida fikrni shakllantiruvchi va u haqda xabar beruvchi birlikka aylantiradi (M-n, "Olma gulladi", "Doimo tinchlik boʻlsin!"). Modomiki, gap mazmunining borliqqa munosabati uni muayyan zamoniy va modal (real yoki noreal) darajaga qoʻyishni taqozo qilar ekan, predikativlik ham ikki sintaktik kategoriyaning — zamon va maylning birligidan iborat boʻladi. Ikki tarkibli gaplarda — kesim, bir tarkibli gaplarda esa ularning bosh boʻlagi predikativlikning ifodachisi hisoblanadi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil