Primatlar (Primates) — yuksak sut emizuvchilar turkumi. P. ajdodlari qadimgi hasharotxoʻrlar. 200 dan ortiq turi bor, 2 ta kenja turkum: chala maymunlar, haqiqiy maymunlarga boʻlinadi. Uzunligi 13—15 sm dan (sichkrnsimon lemur, 1,75 m gacha va undan uzunroq (gorilla). Vazni 60 g dan 180 kg va undan ortiqroq. P.ning tuzilishi ular aj-dodlarining daraxtda yashaganligidan dalolat beradi. Ular, asosan, 5 barmoqli; bosh barmogʻi boshqasiga qaramaqarshi qoʻyilgan; oldingi oyoklari juda harakatchan. Koʻpchilik P.ning tirnoqlari yassi; kaft va tovoni terisida har bir hayvonning oʻziga xos chiziqlar boʻladi. Badani har xil rangli yung bilan qoplangan. Koʻpchilik turlarining dumi bor. Bosh miyasi, eshitish va koʻrish organlari yaxshi, hid bilish organi kucheiz rivojlangan. Katta yarim sharlar sirtida egatchalar va pushtachalar bor; bosh miya yarim sharlari poʻstloq qismining ensa (koʻrish boʻlagi), peshona va chakka (muskul harakati va ovoz apparatini boshqaradigan markazlar) hamda tepa va oldingi assotsiativ zo-nalar ayniqsa, yaxshi rivojlangan. Miya hajmining yiriklashuvi va oldingi oyoklar funksiyasining murakkablashuvi jagʻlarning qisqarib, bosh qismining yuzga nisbatan kichrayishiga olib kelgan. Asosan, tropik va subtropik oʻrmonlarda tarqalgan. Gala yoki oila boʻlib hayot kechiradi. P. ancha mu-rakkab xatti-harakatlar, imo-ishora va ovozlar yordamida oʻzaro muloqot qiladi. Asosan, kunduzi hayot kechiradi. Aralash, koʻproq oʻsimlik bilan oziqlanadi. Yil davomida koʻpayadi, 1—3 tadan bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri 4—10 oy. Sut bezlari 1 juft, 20—30 yil umr koʻradi. Yashash sharoitining oʻzgarishi tu-fayli soni tez kamayib bormoqda. 62 turi va kenja turlari Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil