Prodromal davr (yun. prodromos — oldindan xabarlovchi, darak beruvchi) — yuqumli kasallikning yashirin davridan soʻng boshlanib, uning asosiy klinik belgilari yuzaga chiqqunigacha boʻlgan davr. Bu davrda patogen mikrob oʻziga moyil aʼzo yoki toʻqimada koʻpaya boshlab, agressiv ferment va toksinlar ishlab chiqaradi. Prodromal davrbir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bu davrda koʻpgina yuqumli kasalliklarga xos umumiy belgilar: gavda haroratining koʻtarilishi, bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, lanj boʻlish, ishtaha yoʻqolishi va boshqa kuzatiladi. Prodromal davrdan soʻng yuqumli kasallikning avj olish davri boshlanadi va bemorda kasallikning asosiy belgilari namoyon boʻladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil