Pyotr Leonidovich Kapitsa [1894. 27.6. (9.7), Kronshtadt — 1984] — rus fizigi, akademik (1936). Oʻta kuchli magnit maydonlar, past temperaturalar fizikasi va texnikasi asoschilaridan biri. 1921-yil Buyuk Britaniyaga ilmiy xizmat safariga yuborilgan. U yerda E.Rezerford rahbarligida ishlagan (1921—24). Kavendish laboratoriya direktori oʻrinbosari (1924— 32). Kembrijdagi Monda laboratoriya direktori (1930—34). Kapitsa 1934-yil Moskvada Fizika muammolari institutini (hozirda K. nomidagi) tashkil qilib, 1935—46 yillar va 1955-yildan direktori. Kapitsa oʻta kuchli magnit maydonini hosil qilish usulini yaratgan, spektr chiziqlarining kuchli maydon taʼsirida ajralishini, metallarning elektr qarshiligi kuchli magnit maydon taʼsirida chiziqli oʻzgarishini aniqlagan (qarang Kapitsa qonuni). Kapitsa oʻz tajribalarida G=2,19 Kapitsadan past temperaturalarda suyuq geliyning qovushoqligi juda kamayib ketishi (geliy-Pning oʻta oquvchanligi) ni kashf etgan va uning fizik xususiyatlarini batafsil oʻrgangan. Bunday holdagi geliy 2 xil komponent — oʻta oquvchan va normal hollarda boʻladi. Nobel mukofoti laureati (1978).[1][2]

Pyotr Kapitsa

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari