Qahramon Usmonov (1940.15.9. Buxoro viloyati Jondor tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1962). 1962-yildan Jondor tumanidagi maktablarda matematika oʻqituvchisi, tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, direktor, 1999—2001-yillarda 20 - ixtisoslashgan iqtidorli bolalar internat maktabida matematika oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib borgan.