Qalmoq tilimoʻgʻul tillarilan biri; asosan, RFning Qalmogʻiston Respublikasida, Astraxon va Rostov viloyatlari hamda Stavropol oʻlkasida, qisman XXR va Qirgʻizistonda tarqalgan. Qalmoq tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 180 ming kishiga yaqin (oʻtgan asrning oxirlari).

Qalmoq tili
Milliy nomi Хальмг келн, ᡍᠠᠯᡅᡏᠠᡎ ᡘᡄᠯᡄᠨ, хальмг va хальмг келн‎
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 431 800
Alifbosi Kirill alifbosi, Lotin alifbosi va clear script
Til kodlari
ISO 639-2 xal
ISO 639-3 xal

Qalmoq tili 2 ta — torgut va derbet lahjalariga, bu lahjalar esa oʻz navbatida shevalarga ajraladi. Fonetik belgilari: choʻziq, qisqa va noaniq, kuchsiz talaffuz etiladigan fonemalarga egaligi, tanglay garmoniyasining mavjudligi va lab garmoniyasining yoʻqligi va boshqalar Morfologik belgilari: 8 kelishikning mavjudligi, grammatik jins kategoriyasining yoʻqligi va boshqalar Leksikasida sanskrit, tibet, xitoy, arab, fors va turkiy tillardan, keyingi davrlarda esa rus tilidan kirib oʻzlashgan soʻzlar anchagina. Qalmoqlar 1648 yildan 1924 yil gacha moʻgʻul yozuvining zayapandit (buddaviylik targʻibotchisi Zaya Pandit nomidan) koʻrinishidan foydalanganlar. Bu yozuvda koʻplab adabiyot yaratilgan boʻlib, ularning aksariyati 1819-asrlarga mansub. 1924-yildan rus grafikasi asosidagi, 1931-yildan lotin grafikasi asosidagi, 1938-yildan yana rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan.

Adabiyot tahrir

  • Pyurbeyev G.S., Grammatika kalmshkogo yazmka. Sintaksis, Elista, 1979; Grammatika kalmmskogo yazmka. Fonetika i morfologiya, Elista, 1983; Bardayev E.Ch., Sovremennmy kalmnskiy yazmk. Leksikologiya, Elista, 1985.