Qalqon, shchit — platformalarning juda yirik strukturasi, pli/yaalarning aksi. Q. agrofida platforma fundamentini tashkil qilgan tokembriy davriga mansub kuchli metamorflashgan kristalli jinslar (granit, gneys, kristalli slanetslar) yer yuzasiga chiqib qoladi. Q, odatda, Yer poʻstining koʻtarilib qolgan oblastlaridan iborat boʻlib, notoʻgʻri shakddagi yassi koʻtarilmalar shaklida boʻladi. Qlarning shakli uzoq vaqt davomida turgʻunlikka ega boʻlishi bilan ajralib turadi. Dastlab "Q" termini Shim. Amerika (Kanada Q.) va Shim. Yevropa (Boltiq Q.)dagi tokembriy jinslarining juda katga maydonlarda Yer yuzasiga boʻrtib chiqqan joylari uchun kiritilgan. Yerning qadimiy oʻzaklaridan hisoblangan doʻng joylari: Boltiq, Kanada, Addan va boshqalar Q.ga misol boʻla oladi. Qlar Yer poʻsti tarixiy taraqqiyotida bir necha marta paydo boʻlgan. Mas, yuqori proterozoy bilan oʻrta paleozoy oraligʻida vujudga kelgan QuramaFargʻona regioni xuddi shunday Q.lardan hisoblanadi. Q.da oltin, nikel, kobalt hamda mis, qoʻrgʻoshin, rux, temir va boshqalar ruda konlari joylashgan boʻlishi mumkin.