Qavs (arab. — yoy, egilgan narsa) — oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, ikki elementli (qoʻshaloq), asosan, gap oʻrtasida va oxirida ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Ochiluvchi va yopiluvchi qismlardan iborat. Dastlab u "Turkiston viloyatining gazetasi"da 1873-yildan qoʻllangan, keyinchalik boshqa gaz., jurnal va kitoblarda ham ishlatila boshlagan. Hozirgi yozuvda asosan 2 xil shaklda ishlatiladi: a) odatdagi Qavs () asosiy meʼyor hisoblanib, barcha yozuv shakllarida uchraydi; b) oʻrta Qavs yoki katta Qavs — [] va {} matematika, geometriya, kimyo va boshqalar fanlarda, shuningdek, Qavs ichida Qavs keladigan holatda uchraydi. Xususan, mat.da bu belgi amallarning bajarilishi tartibini belgilash uchun ishlatiladi. Mas, (5,2+4,8):0,5 (oldin qavs ichidagi amal bajariladi). Qavsning yopiluvchi (ikkinchi) qismi baʼzan yozma nutqda ketmaket keluvchi, sanaluvchi fikrlar, taʼriflarni raqamlashda (raqam yoki harf bilan) yakka, mustaqil holda ham qoʻllanishi mumkin.

()
Qavs
Unicode ichida

(: U+0028

): U+0029
UTF-16

(‎: 0x28

)‎: 0x29
URL-kod

(: %28

): %29
Yana qara
Nuqta

Hozirgi oʻzbek tilida quyidagilar Qavsga olinadi: a) kiritma konstruksiyalar (kiritma soʻz, kiritma birikma, kiritma gaplar); b) remarkalar; v) sitata yoki misollarning manbalari; g) tushuntirish, izoh, uqtirish maʼnosidagi soʻz, birikma va gaplar, shuningdek, gaz. va jur.lardagi "davomi bor", "boshi 3betda" kabilar ham Qavsga olinadi; d) sitatadagi biror soʻz yoki jumlaga muallifning turli munosabatini bildiruvchi soʻroq, undov belgilari, shuningdek, muallif tomonidan sitataga kiritilgan gaplar. Qavsga olingan qism asosiy gap (matn) bilan bevosita yoki bilvosita aloqador boʻladi.