Qayinqayindoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxt va butalar turkumi. Oq Qayin, kareliya Qayini, yumshoq yoki tukli Qayin, dauriya Qayin yoki qora Qayin, yapaloq bargli Qayin kabi 100 ga yaqin turi maʼlum. Asosan, Shimoliy yarim sharning moʻtadil va sovuq iqlimli rayonlari hamda subtropik mamlakatlarida tarqalgan. Gʻarbiy Yevropaning 65° gacha shimoliy kengliklarida, Rossiya Yevropa qismining oʻrmon va oʻrmondasht zonasida, Gʻarbiy Sibir, Zabaykalye, Sayan, Oltoy va Kavkazda uchraydi. Ignabarglilar va bargli daraxtlar bilan aralash oʻsib, keng Qayin oʻrmonlari hosil qiladi.

Betula pendula

Oʻrta Osiyoda 2 turi: Turkiston va Tyanshan Qayinlari tarqalgan. Toʻqayzorlarda, 5—6 ga maydonlarda alohida yoki aralash oʻrmonlar tashkil qilib, togʻ daryolari qirgʻoqlarida ingichka polosalar holida oʻsadi. Baʼzi joylarda yongʻoqzorlar, archazorlar, oqqaragʻayzorlarda tabiiy holda uchraydi. Turkiston Qayini (B. turkestanica) Tyanshan-Olay togʻ daryolari boʻylarida uchraydi. Boʻyi 8–17 m. Poʻstlogʻi oqsariq, tanasidan tez koʻchadi. Barglari ketmaket joylashgan tuxumsimon, tigʻsimon. Gullari ayrim jinsli, bir uyli oʻsimlik. Toʻpguli kuchala. Aprel oyida gullab, oktabrda urugʻlaydi. Tyanshan Qayini yoki qizil Qayin (B. tianschanica) Tyanshan togʻlari vo’diylarida yakka holda yoki toʻptoʻp boʻlib uchraydi. Daraxtining boʻyi 20 m gacha yetadi. Shoxshabbalari keng, qalin. Poʻstlogʻi qatlamqatlam. Barglari toʻq kulrangyashil, rombsimon. Yosh novdalarida smolali soʻgallari bor. 8—15 yoshidan gullay boshlaydi. Qayin yorugʻsevar, sovuqqa chidamli, qurgʻoqchilikka bardoshli. Turli tuproqiqlim sharoitlarida oʻsa oladi. 40—120 (150) yil yashaydi. Qayindan shaharlarni koʻkalamzorlashtirishda foydalaniladi, yogʻochidan parket, faner, changʻi va boshqalar, ayrim turlarining yogʻochidan qimmatbaho mebel tayyorlanadi. Poʻstlogʻidan qatron, barglaridan boʻyoq olinadi, kurtagi va kuchalasi qushlar uchun yaxshi ozuqa. Qayin sharbati, kurtagining qaynatmasi va tindirmasi tibbiyotda qoʻllaniladi.

Adabiyot tahrir

  • Grozdova N.B., Beryoza, M., 1976. Abdushukur Xonazarov.